Toşkentda Yaponiya raqamli universiteti taşkil etiladi

Matn3-dekabr, 2020, 14:552 daqiqa0 koʻrish

Toşkent şahrida Yaponiya raqamli universiteti taşkil etiladi

Hukumatning tegişli qarori (№762, 02.12.2020y) bilan, “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasining (Yaponiya) muassisligida Yaponiya raqamli universiteti taşkil etiladi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.

Qarorda taʼkidlanişiça, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi örtasida 2020-yil 17-aprelda “JDU – Japan Digital Universities” satellit kampusini taşkil etiş böyiça hamkorlik şartnomasi imzolangan.

Universitet nodavlat oliy taʼlim taşkiloti hisoblanadi.

Universitetda öqitiş yapon va özbek tillarida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Öquv rejalari va fan dasturlarida Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boşqa nufuzli OTMlarining tajribasidan foydalaniladi.

Universitetda bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça kunduzgi va masofaviy taʼlim şakllarida kadrlar tayyorlaş amalga oşiriladi.

Universitet bitiruvçilariga oliy taʼlim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda Özbekistonning belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

Universitetda talabalar öqişi uçun tölov-kontrakt mablağlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi, şuningdek har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam bölmagan abituriyentlar öqişga qabul qilinadi.

2020/2021 öquv yilidan “Muhandis-dasturçi” bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça Universitetga talabalar qabul qilinadi, keyingi öquv yilidan boşlab “Kompyuter grafikasi va dizayn” yönalişi böyiça ham qabul amalga oşiriladi.

Universitet Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Toşkent şahar, Uçtepa tumani, Kiçik xalqa yöli köçasi, 21-a uy manzilidagi 3-öquv binosining birinçi qavatiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek