3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
👨🦽Bugun, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni!
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida dunyo böylab keng nişonlanadi.
Qonunga köra davlat nogironligi bor şaxslarning ijtimoiy yordam hamda himoya çora-tadbirlariga bölgan ehtiyojlari hisobga olinişi taʼminlanişini, ularni reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy himoya qiliş dasturlarining amalga oşirilişini, nogironligi bor şaxslarning jamiyat bilan uyğunlaşişi uçun şaroitlar yaratilişini, bunday toifadagi şaxslarni kamsitişning barça şakllaridan himoya qilişni taʼminlaş yuzasidan zarur çora-tadbirlar körilişini kafolatlaydi.
Darvoqe, deputat Rasul Kuşerbayev va Moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov örtasidagi bahsda aytilgan gaplarga işonadigan bölsak, Hukumat 2021-yilda nogironligi bor şaxslarni qöllab-quvvatlaş uçun byudjetdan mablağ ajratmoqçi emas. Bunga yana aniqlik kiritiş zarur.
👉 @xushnudbek 👈


