Bola pulini ijtimoiy şartnoma orqali beriş rejalaştirilmoqda
Kelgusida bola pulini ijtimoiy şartnoma orqali beriş rejalaştirilmoqda
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qiliş strategiyasiga köra, kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy şartnoma tuziş orqali taqdim etiş yölga qöyiladi.
Ijtimoiy şartnomada kam taʼminlangan oilalar tomonidan farzandlarining maktabdagi davomatini va boğçaga borişini taʼminlaş hamda biriktirilgan poliklinikadan majburiy vaksinalarni öz vaqtida olişi kabi şartlarni belgilaş nazarda tutilmoqda.
Tegişli mutasaddi taşkilotlar ijtimoiy şartnoma orqali oilalarni kambağallik holatidan çiqarişga va qayta kambağallikka tuşib qolişining oldini olişga qaratilgan qöşimça dasturlar böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
👉 @xushnudbek 👈
