Bolalar kuniga pul tarqatilişi haqidagi xabarlar yolğon

Matn30-may, 2022, 12:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️“Bolalar kuniga pul tarqatilyapti” degan xabarlar yolğon

Internetda bekorçilar tomonidan köp yolğonlar tarqatiladi. Ayniqsa tekin pul haqidagi gaplar yaşin tezligida tarqaladi. Negaligi tuşunarli.

Bugungi kunda Prezident qarori asosida pensiya va nafaqa oluvçi fuqarolarga viloyatlarda 300 ming söm, Toşkent şahrida 400 ming sömdan bir martalik yordam pullari tarqatiş boşlangan.

Bundan taşqari, kam taʼminlangan oilalar reyestriga kiritilgan, 18 yoşga tölmagan 4 miliondan ortiq bolalarga 200 ming sömdan nafaqa beriladi.

Balki şu qarorni notöğri tuşuniş sabablidir ijtimoiy tarmoqlarda «Bolalar kuni munosabati bilan hammaga pul tarqatilyapti» degan gap-sözlar tarqalmoqda.

Uşbu xabarlar mutlaqo yolğon. Faqat yuqoridagi toifalarga pul tarqatilmoqda xolos. Uni tarqatişni ham tegişli davlat taşkilotlari özi taşkil qilmoqda.

❗️Hamma bolaga tekin pul tarqatilyapti, deb notöğri tuşunmang.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 823
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek