Real Madrid Yevropa çempionlar ligasi ğolibi böldi

Albom29-may, 2022, 09:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Real Madrid” Yevropa çempionlar ligasi finalida “Liverpul” ustidan kiçik 1-0 hisobida ğalaba qozondi. Yagona golga Vinisius mualliflik qildi.

Şu tariqa “Real” öz tarixida ön törtinçi marta YÇL sohibiga aylandi va eng yaqin taʼqibçisi “Milan”dan 2 barobarga oşib keti.

Karlo Ançelotti 4 marta YÇL yutgan birinçi murabbiyga aylandi (“Milan” bilan 2003 va 2007, “Real” bilan 2014 va 2022).

Karim Benzema, Isko, Dani Karvaxal, Marselo, Luka Modriç, Toni Kros, Kazemiro, Naço va Garet Beyl 5 marta YÇL yutgan futbolçilarga aylanişdi va Kriştianu Ronalduning rekordini takrorlaşdi.

“Real Madrid”ning barça muxlislarini ğalaba bilan tabriklaymiz.

Tibo Kurtua finalning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Darhaqiqat agar Kurtua bölmaganda “Liverpul” yirik hisobda yutişi mumkin edi. Kurtua naq 9 ta seyv amalga oşirib, rekord qöydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2809
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek