Davlat fuqarolik xizmati töğrisidagi qonun maʼqullandi

Matn28-may, 2022, 14:081 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️ «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunni senatorlar maʼqulladi

Oliy Majlis Senatining bugungi yalpi majlisida «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Qonunga muvofiq, endilikda maxsus vakolatli organ (Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi — ARGOS) tomonidan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda reyestrga kiritilgan lavozimlarga davlat xizmatçilari oçiq tanlov asosida tayinlanadi.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmatçilarining lavozimlari “siyosiy” (vazir, rais, direktor va boşqa), “boşqaruv” (departament, boşqarma va bölim boşliqlari) va “yordamçi” (mutaxassis, inspektor va konsultantlar) guruhlarga bölinmoqda.

Qonun bilan davlat organlarida işlayotgan xodimlarga tadbirkorlik bilan şuğullanmaslik yoki tadbirkorlik subyektlarini işonçli vakillar orqali boşqarmaslik, manfaatdor şaxslardan sovğa olmaslik, çet mamlakatlarda mol-mulkka egalik qilmaslik kabi aniq çeklovlar belgilanmoqda.

Şuningdek, davlat xizmatçilariga çet el banklarida omonatlar oçiş, çet el fuqaroligini oliş, siyosiy partiyalarga aʼzo bölişi taqiqlanmoqda. Agar belgilangan çeklovlarga rioya etilmagan taqdirda davlat fuqarolik xizmatçisi nafaqat işdan ketişi, balki jinoiy javobgarlikka tortilişiga asos böladi.

❗️Qonun loyihasi bilan barça darajadagi davlat fuqarolik xizmatçilari uçun egallab turgan lavozimi, iş staji va malaka oşiriş kurslarining natijalariga qarab malaka darajalari (çin) beriladi. Endilikda yuristlar, huquqni muhofaza etuvçi va mudofaa organlaridagi xodimlargining maxsus unvonlari kabi fuqarolik xizmatçilari ham maxsus martabalar, yaʼni malaka darajalariga ega böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 840
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek