Davlat fuqarolik xizmati töğrisidagi qonun loyihasi kiritildi

Matn9-dekabr, 2021, 17:163 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Vanihoyat: “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritildi

Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining birinçi örinbosari Otabek Hasanov hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov xabar bermoqda.

Mustaqillikning ilk yillaridan buyon davlat xizmatçilarining huquqiy maqomi va ularning faoliyati bilan boğliq boşqa muhim qoidalarni özida aks ettiruvçi qonunga ehtiyoj bor edi. Ammo 30 yil davomida bu kabi qonun loyihasi bir neça bor işlab çiqilgan bölsa-da, lekin oxiriga yetmagan, yaʼni qabul qilinmagan. Bu esa amaliyotda özining salbiy taʼsirini ötkazmay qolmagan.

Çunki davlat xizmatida işlayotgan xoh amaldor, xoh oddiy xizmatçi özining kelajagini uşbu tizimda körişi qiyin edi. Davlat xizmati qonuniy va fidoyilik bilan işlaş uçun jozibador emasdi. Aksinça ömariş, korrupsiya orqali mömay daromad topiş uçungina yaxşi imkoniyat bölib köringan va köp joylarda haligaça şunday bölib qolmoqda. Buni bartaraf etiş uçun esa tezroq qonun va şu orqali aniq tizim kerak!

Parlamentga kiritilgan qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatçilarining maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, işga kiriş oçiq tanlov asosida amalga oşirilişi, xizmatçilarning rotatsiyasi, xizmat safarlari, ijtimoiy himoyasi, xususan, davlat fuqarolik xizmatçisining hayoti va soğliği davlat byudjeti hisobidan majburiy suğurta qilinişi belgilanmoqda.

❓Nega davlat fuqarolik xizmati?

Çunki saylanadigan, harbiylaşgan, sud hokimiyati yoki şu kabi alohida faoliyat turi bilan şuğullanuvçi tuzilmalarni bir xil qoidalar bilan qamrab olişning iloji yöq. Şu sababli hozirda birinçi qadam sifatida ijro hokimiyatining 200 dan ortiq davlat organlari va taşkilotlaridagi 100 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatçilarining faoliyati bilan boğliq barça munosabatlar yagona qoidalar asosida tartibga solinmoqda.

✅ Bundan buyon uşbu barça vazirlik va idoralarda xodimlarni işga qabul qiliş, ularni xizmat poğonalarida östiriş, rağbatlantiriş yoki intizomiy jazolaş va xizmatni tugatiş masalalarida turliça yondaşuvlarga barham beriladi.

Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda malaka darajalari tartibga solinadi.

⁉️Bu nima degani? Endilikda yuristlar, huquqni muhofaza etuvçi va mudofaa organlaridagi xodimlarning maxsus unvonlari kabi fuqarolik xizmatçilari ham maxsus martabalar, yaʼni malaka darajalariga ("çin") ega böladi.

❌ Bundan taşqari, qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar belgilanib, özaro yaqin qarindoşlik yoki quda-andaçilikda bölgan şaxslar bevosita böysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallaş, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan taşqari boşqa haq tölanadigan faoliyat turi bilan şuğullaniş, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş, mavqeidan foydalanib yoki öz xizmat vazifalarini bajarişi evaziga har qanday turdagi mukofot yoxud sovğa oliş, çet el fuqaroligiga ega böliş, respublika hududidan taşqarida hisobvaraqlar oçiş va egalik qiliş, köçmas va boşqa mol-mulkka ega böliş taqiqlanmoqda.

Qonun loyihasi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi (ARGOS) tomonidan işlab çiqilgan.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek