Davlat xizmati töğrisidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi

Matn21-may, 2018, 13:162 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Va nihoyat 25 yildan beri kutilayotgan “Davlat xizmati töğrisida”gi qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uçun eʼlon qilindi. Loyiha matni rus tilida ekanligi xususida ayuhannos solmaymiz, çunki şundoq ham bu iş bilan köpçilik band.

Qonun Prezidentga, deputatlarga, senatorlarga, mahalliy kengaşlar deputatlariga, sudyalarga, yaʼni saylanadigan lavozimlarga tatbiq etilmaydi.

Boş vazir, hukumat aʼzolari, hokimlarga uşbu qonun talablari qöllanilişi mumkin. Huquq-tartibot organlari huquqiy maqomi öziga xosligidan kelib çiqib qöllaniladi.

Davlat xizmati nima? Qonun loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining davlat lavozimlarida yoki Milliy kadrlar zaxirasidagi ommaviy manfaatlarda amalga oşiriladigan haq tölanadigan professional faoliyatidir.

Davlat xizmati siyosiy betaraf bölişlari kerak böladi. Siyosiy partiyalar tuzmaydi, siyosiy partiyalarga aʼzo bölmaydi. Ayni paytda siyosiy bayonotlar bermasligi kerak böladi. Modomiki bu bayonot uning mansab vazifasiga kirmasa.

Davlat xizmatçilari faoliyati parlament, jamoatçilik yoki prokuratura organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Davlat xizmatçilari juda köp ijtimoiy himoya va boşqa kafolatlarga ega böladi. Qonunda albatta ular umumiy beriladi.

Davlat xizmatçisi muallimlik, ilmiy yoki boşqa ijodiy faoliyatdan taşqari özga işlar bilan şuğullanmasligi kerak. Şaxsan yoki u bilan affilangan şaxslar (birovning nomidan oçib ham deyilmoqçi) orqali tadbirkorlik qilişga haqli emas.

Qonunda manfaatlar töqnaşuvi alohida körsatib ötilgan.

Mabodo davlat xizmatçisi faoliyatida manfaatlar töqnaşuviga duç kelsa, rahbariyatini albatta yozma ravişda ogohlantirişi lozim. Yaʼni siz biror qaror çiqarayotganingizda, bu qaroringizdan qavmi-qarindoşlaringizdan yoki sizga boğliq holda naf körişi mumkin bölgan yaqinlaringiz bölsa, albatta, şefingizni ogohlantirasiz. “Uzr, şu qarorni qabul qilsam, xotinimning kompaniyasi foydasi ikki karra oşişi mumkin” deb. (Şartli misol).

Davlat xizmatçilari daromadlari deklaratsiya qilinadi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişga bel boğlaganlar şuni uzoq kutişgan edi.

Oldindan aytgan maʼqul, qonun loyihasi ular orzu qilgandek emas.

Barça davlat xizmatçilari (kömakdoş texnik davlat xizmatçilari bundan mustasno) mol-mulki, öz daromadlari va “XXX” summadan ziyod xarajatlari töğrisida deklaratsiya, şuningdek, oila-aʼzolarining, şu jumladan, ota-onasi, turmuş örtoği, farzandlarining xuddi şunday daromadlari va xarajatlari haqida qonunçilikda belgilangan tartibda deklaratsiya topşirişlari kerak böladi. Darvoqe, deklaratsiya biror-bir saytda eʼlon qilinsin degan talab yöq, deklaratsiya vakolatli organ tomonidan tekşiriladi.

Rossiya qonunçiligidan farqli ölaroq voyaga yetmagan va yetgan bolalari ham, ota-onasi ham deklaratsiya topşiradi.

Davlat xizmati institutsionallaşadi. Yaʼni Prezident huzurida Davlat xizmati milliy agentligi sohadagi vakolatli organ böladi. U Prezidentga hisobdor böladi hamda parlament huzuridagi Davlat xizmati kengaşi tomonidan nazorat qilinadi.

Qonun loyihasida, albatta, yaxşi gaplar köp. Erinmasdan öqib köring. https://regulation.gov.uz/ru/documents/2373

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek