Davlat fuqarolik xizmati töğrisidagi qonun qabul qilindi
«Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonun loyihasi keça bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilinibdi.
Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatçisining maqomi, odob-axloq qoidalari, şuningdek, davlat xizmatçilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalaş, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar öz aksini topmoqda.
Deputat Rasul Kuşerbayev uşbu qonun loyihasi haqida şunday fikr bildirdi:
«Qonun loyihasida kamçiliklar borligi, butun boşqaruv tizimi töliq qamrab olinmagani haqida fikrlar bildirilyapti. Şaxsan men ham bu fikrlarga qöşilaman. Biroq yana bir masala – biz bunday qonunni qabul qilişda ança keç qoldik.
Şu bois, hozirgi harakatlarni bu yöldagi dadil va boşlanğiç qadam sifatida qarab, tezroq qonunni qabul qiliş kerak, deb hisoblayman», - deb yozdi Kuşerbayev.
- 👍 19



