Nodirbek Abdusattorovning şaxmatdagi tarixiy yöli
Yuqorida 3 ta rasmni körib turibsiz.
1-rasm:
2012-yili Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri va şaxmatning aşaddiy ixlosmandi Erkin Vohidov bolalar örtasida jahon çempioni bölgan 8 yaşar Nodirbek Abdusattorov bilan. Keça, 28-dekabr kuni, sevimli şoirimizning 85 yillik yubileyi edi. Nodirbek bu yubileyga tarixiy sovğa berdi, desak mubolağa bölmas. Erkin Vohidovning ruhlari ham şod bölsin, ilohim.
2-rasm:
2015-yili şaxmat böyiça jahon toji sohibi Magnus Karlsen 11 yaşar yoşgina bolakay bilan rasmga tuşmoqda. Lekin u bilmaydiki, oradan 6 yil ötib, mana şu bolakay uning uzoq davom etgan mağlubiyatsiz seriyasiga çek qöyib, jahon çempioniga aylanişini!
3-rasm:
2021-yili «Zakovat» intellektual klubi ötkazgan «Zakovat Gambit» turnirida Nodirbek Abdusattorov çempion bölib, 50 mln sömni qölga kiritgan edi! Yurtimizda aqlli yoşlarimiz köpayaversin, ilohim!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 36



