Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi
Bugun 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov jahon çempioni 🇳🇴Magnus Karlsenga qarşi dona suradi
Varşavada ötayotgan blits va rapid böyiça jahon çempionatining 9 ta turi ortda qoldi. Hozirça turnir jadvalida amaldagi şaxmat toji egasi Magnus Karlsen 7,5 oçko bilan birinçi örinda bormoqda. 2-örinda esa hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 7 oçko bilan Karlsenni taʼqib qilmoqda.
Bugun bölib ötadigan 10-turda uşbu ikkala şaxmatçi özaro kuç sinaşadi.
Taʼkidlaş joiz, 17 yoşli Nodirbek turnir davomida dunyoning eng kuçli şaxmatçilari Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytaşek, Boris Gelfand kabilarni mağlub etdi, Yan Nepomnyaşiy va Aleksandr Grişuk bilan durang öynadi.
Bugungi qiyin bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz! Bahs Toşkent vaqti bilan soat 19:00-da boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 7


