Magnus Karlsen şaxmat böyiça jahon çempioni unvonini himoya qildi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan

♟👑 Magnus Karlsen şaxmat böyiça jahon tojini munosib himoya qildi
Bugun Magnus Karlsen va daʼvogar Yan Nepomnyaşiy örtasidagi çempionlik bahsining 11-partiyasi öz nihoyasiga yetdi. Nepomnyaşiy yöl qöygan qöpol xato tufayli Magnus navbatdagi ğalabasini qölga kiritdi va umumiy hisob 7,5 ga 3,5 körinişiga keldi. Natijada rejadagi kelgusi 3 ta partiyani ötkazişga hojat qolmadi va Magnus Karlsen yana bir bor mutloq jahon çempioni unvonini qölga kiritdi.
Uşbu çempionlik bahsi bir neçta rekordlar bilan yodda qoldi. Jumladan, ular örtasidagi 6-partiya insoniyat tarixida jahon toji uçun keçgan barça bahslar orasida eng uzoq davom etgan partiya bölib tarixga kirdi. Uşbu partiya 7 soatu 47 minut davom etdi va 136 ta yurişdan iborat böldi. Bahs juma kuni keçki payt boşlanib, şanba kuni yarim tunda tugadi. 6-partiya tahlili mana bu yerda.
Magnus Karlsenni yer yuzida unga teng keladigan şaxmatçi yöqligini yana bir isbotlagani bilan tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4






