Internetdagi firibgarlardan ehtiyot böliş böyiça tavsiyalar

Matn10-dekabr, 2021, 17:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz❗️Диққат, интернетдаги фирибгарлардан эҳтиёт бўлинг! Ўзларини Click ёки банк ходими деб таништириб, «пластигингизга кимдир ҳужум қиляпти, пулларингизни ечиб ол…

Töliqroq maʼlumot: Diqqat, internetdagi firibgarlardan ehtiyot böling!

Sönggi yillarda kiberjinoyatlar soni keskin oşib ketdi. Afsuski köpçilik yurtdoşlarimizning moliyaviy va axborot xavfsizligi böyiça savodxonligi biroz yetişmasligi sababli, qalloblar qöliga tuşib qolişmoqda. Şu sababli virtual firibgarlar haqida turkum videolar tayyorlaşga qaror qildik.

✅ Barçaga murojaat: SMS ORQALI KELGAN KODNI HEÇ KIMGA AYTMANG!!!

1-holat: Click yoki bank xodimiman deb aldaşmoqda

Hozirda köp uçrayotgan holatlardan birida firibgarlar özini Click kompaniyasi yoki bank xodimi deb taniştiradi.

"Kimdir plastik kartangizni işlatmoqda, bu bizga şubhali körindi, pullaringizni yeçib olişlari mumkin, men sizga yordam bermoqçiman", deydi. Bu gaplardan sarosimaga tuşganlar ğoyibdan kelgan xaloskorga töliq işonib qoladi.

"Hozir sizga SMS orqali kod boradi, şu kodni ayting, men plastigingizni xavfsiz qilib beraman", deydi xaloskor. Şu bilan tamom! Kodni aytasiz, ular esa plastikdagi bor pullarni yeçib olişadi.

Agar plastikda pulingiz kamroq bölsa, nomingizdan bank orqali onlayn qarz olib, keyin yeçib olişmoqda. Pullarni plastikdan töğri elektron hamyonlarga ötkazişayotganligi uçun, ularning izini topişni deyarli imkoni yöq. Faqat birgina kiriş qönğiroqlari orqali topiş mumkindir (agar internet yoki xorijiy raqam orqali qilişmagan bölsa). Yuqoridagi videoda tilga olgan tanişim içki işlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan, hozirça heç qanday yangilik yöq.

Albatta, aytişingiz mumkin, nega odamlar bunçalar sodda, tösatdan kimdir telefon qilsa işonaveradimi, deb. Ammo firibgarlar tösatdan telefon qilişmaydi. Ular aynan yaqindagina plastigi orqali tölov qilgan odamlarga qönğiroq qilişadi. Masalan, tanişim Evos orqali ovqat buyurtma bergan va Click orqali tölov qilgan. Oradan yarim soatlar ötib, firibgarlar telefon qilişgan va "yaqindagina tölov qilgan ekansiz, şundaymi?" deb söraşgan. Aynan şuning uçun tanişim ham firibgarlarga işonib qolgan.

‼️Ammo firibgarlar yaqindagina plastikdan tölov qilgan odamlarning telefon raqamlarini qayerdan olişmoqda? Yuqoridagi misolda aytilganidek, yoki Click, yoki Evos tizimlarida böşliq bor. Firibgarlar ularning bazasidan foydalanib, odamlarni aldaşmoqda. Kompaniyalar garçi buni tan olmasa ham, lekin öz tizimini jiddiy tekşiruvdan ötkazişlari kerak. "Biz oppoqmiz, bizda hammasi çiki-çiki" degan bayonotlar bilan vaziyat özgarmaydi. Bayonot öz yöliga, asosiysi real xavf bor, odamlar haqiqatdan aldanişmoqda, firibgarlar qöliga maʼlumotlar qandaydir qilib çiqib ketayotgani ham rost. Demak, şu böyiça aniq amaliy işlar qiliş kerak. Toki boşqa insonlar aldanib qolmasin.

❓Siz virtual firibgarlardan aziyat çekkanmisiz? Unda bizga öşa voqeani sözlab bering, toki qolganlar ham bundan töğri xulosa çiqarişsin va aldanib qolişmasin. Keyingi videolarda balki aynan sizning holatingizni sözlab berarmiz.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 5
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek