Telegramda bolalar puli haqidagi yolğon xabar tarqalmoqda
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
❗️Navbatdagi firibgarlik: tekin pul desa işonib ketavermang
Bugungi kunda Telegramda bir xabar tarqalmoqda. 1-martdan boşlab kimning yoş bolasi bölsa, öşa oilaga har oyda 650 ming söm pul tölanadi, istasangiz siz ham quyidagi saytga kirib, pulingiz olişingiz mumkin, deyiladi yolğon xabarda. Uz-prezident deb boşlanadigan manzilda esa soxta Prezident saytining nusxasini yasaşgan.
U yerga kirib, farzandingiz maʼlumotini qoldirasiz, şundan söng sizdan plastik karta raqami va amal qiliş muddatini söraydi, keyin esa kelgan SMS-kodni kiriting deydi.
Buyoği nima bölişi maʼlum. Qarabsizki, firibgarlar plastikdagi barça pulingizni yeçib oladi.
‼️‼️‼️
Falon narsa yutdingiz, piston aksiyada ğolib böldingiz, marhamat, tekin pulni ob qoling, mukofotga keb qoling, deb sizga yozişsa, darrov işonib ketavermanglar, iltimos.
‼️‼️‼️
Yevropada yoki Afrikaning qaysidir davlatida milliarder bobongiz yoxud uzoq qarindoşingiz sizga million dollar meros qoldirdi, desa ham işonib ketavermanglar, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1331






