Coca-Cola nomidan tarqatilayotgan soxta xabarlardan ogohlantiriş

Foto25-iyul, 2022, 10:151 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Coca-cola heç kimga bepul sovğa tarqatmayapti — navbatdagi firibgarlik
#firibgar

Tekin sovğa yoki osmondan tuşadigan pul odamzot közini şunçalar kör qilar ekanki, million marta ogohlantirganingizga qaramasdan, tuppa-tuzuk öqimişli, es-huşi joyida odamlar ham firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanişmoqda. Tovbaaa, deb yoqangni uşlaysan.

Tekinxörlikka öçlik xislati nafaqat Özbekiston, balki butun insoniyatda keng tarqalgan kasallikdir. Şu sababli ham firibgarlarning doim oşiği olçi, ularga har doim “kliyent” bor.

Şu kunlarda Telegramda Coca-cola nomidan soxta xabar tarqalyapti. Göyoki nomaʼlum va allambalo manzildagi saytga kirib, ayrim şartlarni bajarsangiz, sizga minglab sovğalardan birini tekinga berişarmiş. Firibgarlar matnga “avtomobil” degan sözni ham qöşişibdi, oh-oh, özbekistonliklarni lox qiliş uçun bundan boşqa sehrli söz bormikin?

Xullas, Xudo xayringizni bersin, bunaqa yolğonlarga işonmang. Şubhali saytlarga kirmang, begona joylarda şaxsiy maʼlumotingizni, ayniqsa plastik karta maʼlumotlarini qoldirmang. Firibgarlarning bunaqa xabarini darrov hovliqib, boşqalarga ham tarqatmang.

Tekin pişloq faqat qopqonda böladi. Nahotki şuni tuşuniş qiyin bölsa? Yana qança payt lox bölib ötmoqçisiz?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek