Firibgarlarning tekin pul haqidagi yolğonlaridan ogoh böling

Albom11-iyul, 2022, 20:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sizga heç kim tekin pul tarqatmayapti, Siz heç qanaqa aksiyada ğolib bölganingiz yöq
#firibgar

Telegramda doimgidek tekin pul şaydolarini aldaş uçun yolğonlar tarqatilmoqda. Bu endi töxtamaydi, davom etaveradi. Ming marta ogohlantirilsa ham, baribir kimdir firibgarlarga aldanaveradi.

Masalan, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” nomi ostida oçilgan soxta akkaunt 18 yoşga tölgan har bir fuqaroga 789 000 sömdan bir martalik tölov tölanayotgani haqida yolğon maʼlumot aytmoqda. Bunga öxşaş xabarlar juda köp, summa turliça bölişi mumkin, balki 500 ming söm, balki 900 ming söm.

❗️Asosiy maqsad bunga işonib, tekin pul olmoqçi bölganlarning plastik maʼlumotlariga, telefonga boradigan SMS-kodga ega çiqiş va plastikdan barça pullarni yeçib oliş.

Şuningdek, haligaça Click kompaniyasi aksiya ötkazdi, siz unda ğolib böldingiz, degan yolğonni tarqatişadi va umrida Click işlatib körmagan baʼzi odamlar ham bunga işonib qoladi.

Xullas, yana va yana takrorlaymiz — firibgarlardan ehtiyot böling. Tekin pul, ğoyibdan kelgan sovrin va yutuqlarga işonib qolavermang. Sizni “lox” qilişlariga yöl qöymang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek