DTM saytida test sinovlari uchun to'lov qilish tartibi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0

Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

DTM tizimidan olingan 14 xonali invoys raqami ko'rsatilgan to'lov cheki
Apelsin ilovasida DTM uchun to'lov qilish sahifasi
To'lov tizimida invoys raqami va summani kiritish oynasi
PayMe ilovasida DTM to'lovi tafsilotlari va kvitansiya summasi
Click ilovasida 150 000 so'mlik DTM to'lovi va komissiya miqdori
UPay ilovasida abituriyent ma'lumotlari va to'lov miqdori ko'rsatilgan oyna

❓DTM saytida to’lovni qanday amalga oshirsa bo’ladi?

✅ JAVOB: yoki onlayn to’lov tizimlari orqali, yoki istalgan bank kassalaridan to’lash mumkin.

Agar siz maktab, litsey yoki kollejni avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangiz, unda DTM saytida ro’yxatdan o’tib, yo’nalishlarni tanlaganingizdan so’ng, maxsus chek paydo bo’ladi (1-rasm).

Ushbu chekda 14 ta raqamdan iborat invoys raqami bor.

O’sha invoys raqamini elektron to’lov tizimlarida DTM degan joyga kiritib to’lashingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlarda PayMe, Click, Apelsin, UPay kabi to’lov tizimlaridan skrinshot keltirganman. Ushbu tizimlar ichida to’lov qilinadigan sahifasini topish juda oson, shunchaki qidiruv qismiga DTM deb yozsangiz kifoya.

Agar onlayn to’lash imkoningiz bo’lmasa, unda banklarga o’zingiz borib, DTM saytidagi chek rasmini ko’rsatib, to’lov qilishingiz ham mumkin.

❗️150 ming so’mlik to’lovni bo’lib-bo’lib to’lash mumkin. Faqat asosiysi 20-iyulgacha 100% to’lov qilingan bo’lishi kerak.

‼️ To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi (joriy yil bitirganlar yoki to’lovdan ozod qilingan toifadagilar bundan mustasno).

💬 Do’stona maslahat. To’lovni oxirgi kun va oxirgi daqiqalargacha cho’zib yurmang. O’sha paytda serverga yuklama ko’payib, texnik muammoga duch kelishingiz mumkin. Bu esa asabingizni buzadi, “endi nima bo’ladi, testga kirolmay qolsamchi” degan xavotiringizni kuchaytiradi. Yaxshisi tinchgina vaqtliroq to’lab qo’yavering.

🔘@xushnudbekuz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek