Sindorov blits-şaxmat böyiça jahon çempionatida peşqadam
Foto29-dekabr, 2021, 22:561 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Blits-şaxmat böyiça jahon çempionatining 8 ta turi ortda qoldi. Hozirça hamyurtimiz 16 yoşli Javohir Sindorov 7 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda!
Nodirbek Abdusattorov va Şamsiddin Vohidovda 4,5 oçkodan, Jahongir Vohidovda 4 oçko bor.
Amaldagi şaxmat tojining egasi Magnus Karlsen 6 oçko bilan 9-örinda bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda «ikkala yönalişda ham yoş özbek geniylari çempion bölsa, zör bölardi» degan muhokamalar paydo böla boşladi. Lekin hozirça bu gaplarga biroz vaqtli. Hali oldinda yana 13 ta öyin bor.
Yigitlarimizga, ayniqsa peşqadamlik qilayotgan Javohirga omad tilaymiz va duo qilib turamiz. Alloh yuzini yoruğ qilsin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 25

