Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari qamaldi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Jizzax viloyati hokimining sobiq örinbosari 7 yilu 6 oyga qamaldi

Jizzaxdagi quriliş sohasi maşmaşalari ortidan viloyat hokimining sobiq örinbosari Akram Rahmonqulov va uning bir qator qarindoşlari hamda bir guruh şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Toşkent viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi S.Aşirmatov raisligida körib çiqilgan jinoyat işi natijasida sud quyidagiça hukm qildi:

Akram Rahmonkulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 184-moddasi 3-qismi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş), 189-moddasi 1-qismi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 205-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş), 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari (mansab soxtakorligi) va 243-moddasida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 500 baravari miqdorida yaʼni, 111 mln 500 ming söm jarima jazosi tayinlandi.

Şuningdek, sud hukmi bilan Akbar Rahmonqulov (“J-Quruvçi” MÇJ direktori), Alişer Rahmonqulov (“Ravon Yo'l Invest” MÇJ, “Sogdiana pipeplast” MÇJ va “Jizzax savdo lyuks” MÇJlar direktori), Abror Rahmonqulov (“Zenatkor Sayhan Kon Sanoat” MÇJ direktori), Adham Rahmonqulov (“Zenatkor temir beton buyumlari” MÇJ direktori) va yana 20 dan ortiq şaxslarga turli jazolar tayinlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 31
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek