Ahmad Doniş köçasidagi yöl çökişi böyiça jinoyat işi
Ahmad Doniş köçasidagi yölning çökiş holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi
Joriy yilning mart oyida Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Doniş köçasidagi avtomobil yölining 500 metr qismida 40-50 sm.gaça çökiş holati yuzaga kelganligi tufayli, uşbu hududda transport vositalarining harakati vaqtinça çeklangandi.
DXX hamda prokuratura organlarining örganişiça, mutasaddi taşkilotlar tomonidan «Yunusobod-Turkiston» yer osti metro konstruksiyasining atrofini va yon qismlarini tuproq bilan qayta töldiriş va ziçlaş işlari sifatli bajarilmaganligi hamda avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş notöğri loyihalaştirilgani sababli çökiş holati yuzaga kelib, natijada davlatga 4,5 mlrd. söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda Toşkent metropoliteni liniyalarini quriş direksiyasi va Toşkent şahar hokimligi Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 20


