Yunusobod metrosidagi halokat böyiça jinoyat işi tugatildi
6 kişining umriga zomin bölgan Yunusobod metrosi qurilişidagi halokat böyiça jinoyat işi tugatilgan, heç kim javobgarlikka tortilmagan
Yodingizda bölsa, 1 yil oldin, aniqroği 2019-yil 18-dekabr kuni Toşkent şahridagi Yunusobod metro liniyasi qurilişi uçastkasida favqulodda hodisa röy berib, tuproq köçişi natijasida 6 kişi vafot etgandi. Halok bölganlarning eng yoşi kattasi 38 yoşda, eng yoşi esa 20 yoşda edi.
Öşanda tört oilaning har biriga 261 mln 938 ming 888 sömdan va yana bir oila uçun — 281 mln 62 ming 782 söm miqdorida bir martalik nafaqa belgilangan edi.
Va öşa kuniyoq jinoyat işi qözğatilib, 4 nafar kiçik lavozimdagi xodimlar jinoyat işiga jalb qilingandi. Ularga Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi böyiça ayb qöyilgan: 257-moddasi 2- qismi «a» bandi (Texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilişning boşqa qoidalarini şu qoidalarga rioya etilişi uçun masʼul bölgan şaxs tomonidan buzilişi odam ölişiga sabab bölsa), 258-modda 2-qismi «a» bandi (Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölsa).
Ammo keyinçalik bu jinoyat işi nima bilan tugagani haqida heç kim heç qayerda xabar bermadi. Balki masʼullarning esidan çiqib qolgandir, balki bu arzimas maʼlumot deb öylaşgandir.
Şu voqeaga 1 yil tölgani munosabati bilan Gazeta.uz naşri Toşkent şahar prokuraturasiga sörov yuborib, javob olibdi.
Javobda aytilişiça, uşbu favqulodda holat böyiça oçilgan jinoyat işi mart oyidayoq ayblilik masalasini hal etmasdan tugatilgan ekan.
Prokuratura jinoyat işini tugatilişiga qonuniy asos sifatida quyidagilarni keltirgan:
1) qöyilgan ayblov unça oğir bölmagan jinoyatlar sirasiga kiradi (maksimum 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan);
2) jinoyat ehtiyotsizlik oqibatida sodir bölgan;
3) gumon qilinayotganlar öz aybiga iqror bölişgan;
4) yetkazilgan zararlarni qoplaşgan (qurilişning öpirilişi, falokatning bartaraf etilişi, öşa joyning qayta qurilişiga davlatdan ketgan zarar ham qoplanganmikin?);
5) marhumlarning oilalari eʼtiroz qilmagan (qandayin keçirimli xalqimiz bor-a);
6) metro qurişga masʼul bölgan «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvidagi mansabdor şaxslar yuqoridagi kiçik lavozimdagi xodimlarga ijobiy tavsifnoma bergan.
Xullas, mana şularni inobatga olib jinoyat işi JPK 84-moddasi 5-qism 2-bandiga asosan (ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyatni birinçi marta sodir etgan şaxs aybini böyniga oliş töğrisida arz qilgan, çin köngildan puşaymon bölgan, jinoyatning oçilişiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bölsa) tugatilgan. Yaʼni kim aybdor yoki aybdor emasligi ham körib çiqilmaydigan bölgan. Va öz-özidan bu halokat böyiça heç kim javobgarlikka tortilmagan.
Umuman olganda, barçasi qonunlarimizga töğri kelyapti, bir qaraşda heç qanday hayron qoladigan joyi yöqdek.
Lekin har doim ham qonuniy qaror, adolatli qaror bölavermaydi.
Kimlarningdir masʼuliyatsizligi, beparvoligi, öz işini vijdonan bajarmaganining ortidan 6 nafar guldek yigitlar ölib ketsayu, heç kim nomiga bölsa-da javobgarlikka tortilmasa, qurilişning tepasida turganlar isteʼfoga çiqarilmasa, aksinça ularga navbatdagi katta-katta obyektlar qöş-qöllab topşirilsa, jinoyat işlari imi-jimida tugatilib ketaversa, şu adolatdanmi?
P.S.: Pastdagi suratda Yunusobod metrosida halok bölgan 6 nafar yurtdoşlarimizning suratlari keltirilgan. Daryo.uz naşri marhumlar haqida yaxşi material tayyorlagan edi. Fojiada halok bölgan aka-ukalarimizning joylari jannatdan bölsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
