Uzbekistan Airways mahalliy reyslarga çegirmalar eʼlon qildi

Matn24-dekabr, 2020, 13:311 daqiqa0 koʻrish

Aviaçiptalar böyiça mavzuni davom ettiramiz: Uzbekistan Airways mahalliy reyslar uçun ayrim fuqarolarga Yangi yil çegirmasini eʼlon qildi

Uzbekistan Airways axborot xizmatining xabar berişiça, faqat 2021-yil 1-3-yanvar kunlari Özbekiston aholisi uçun Yangi yil bayramini nişonlaş davrida aviakompaniyaning barça mahalliy qatnovlariga çegirmalar joriy etildi.

Çegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:

• individual yölovçilar uçun - 30%;

• turistik guruhlar (5 va undan ortiq kişi), maktab öquvçilari, kollej öquvçilari, litseylar, oliy öquv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, ÖzR DBQ va boşqa idoralarning maxsus öquv yurtlari talabalari va tinglovçilari uçun - 40%;

• oila (2 va undan ortiq kişi, yaʼni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoşgaça bölgan bolalari, 18 yoşgaça bolasi bölgan ota yoki 18 yoşgaça bolasi bölgan onalar) uçun - 50%;

• pensionerlar uçun - 50%;

• nogironlar uçun - 50%;

• 1941-1945-yillardagi uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan şaxslar uçun - 50%;

• 1941-1945-yillardagi uruş paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uçun orden va medallar bilan taqdirlangan şaxslar uçun - 50%;

• Çernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etganlar uçun - 50%.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek