Euronews Özbekiston madaniy meros kongressini yoritdi

Matn23-dekabr, 2020, 20:071 daqiqa0 koʻrish

​Özbekiston madaniy meros kongressi Euronews nigohida

Kuni keça Toşkentda bölib ötgan Özbekiston madaniy merosini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş böyiça 40ta mamlakatdan taşrif buyurgan 300ga yaqin olimlar kongressi xalqaro OAVlar eʼtiboriga tuşdi.

Avvaliga Turkiya, Rossiya kabi davlatlar uşbu ilmiy tadbirdan maxsus reportaj taqdim etişgan bölsa keyinroq Euronews saytida unga bağişlangan katta maqola eʼlon qilindi. "Özbekiston özining maʼrifatli ötmişiga mos kelajakka yöl oçmoqda" sarlavhasi bilan eʼlon qilingan maqolada yurtimizning madaniy merosi xilma xilligi va muhim ahamiyati qayd etilib, dunyo tsivilizatsiyasiga qöşgan hissasiga yuqori baho berilgan. Şuningdek madaniy meros taraqqiyot uçun poydevor böla olişi aytilib, madaniy meros töplamlarining maktablarga bepul tarqatilayotganiga urğu berilgan.

Bugun esa Euronews'ning televizion efirida kongressga bağişlangan maxsus lavha namoyiş etilmoqda. Xalqaro darajadagi bunday eʼtibor odamni quvontiradi. Özbekiston madaniy merosi ulkan maʼrifiy va maʼnaviy ahamiyatga ega. Baʼzida buni unutib qöyayotgandek tuyulamiz. Uni örganiş, saqlaş va ommalaştiriş nafaqat bu böyiça şuğullanayotgan butunjahon jamiyatining balki barçamizning burçimizdir. Buni unutmaylik.

Maqolani özbekçada öqiş

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek