Milliy test tizimida röyxatdan ötiş tartibi özgardi
Biometrik pasportga ega bölmaganlar ham Milliy test tizimida röyxatdan ötişlari mumkin
Maʼlumki, 2020-yil 1-dekabrdan boşlab ona tili va adabiyot (özbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) hamda matematika fanlaridan Milliy test tizimi uçun talabgorlar onlayn röyxatga olinmoqda.
Röyxatga oliş my.dtm.uz sayti orqali amalga oşirilmoqda va 31-dekabrga qadar davom etadi.
Hozirga qadar mazkur sayt orqali faqat biometrik pasportga ega bölganlargina onlayn röyxatdan ötişlari mumkin edi. Endilikda, biometrik pasportga ega bölmagan şaxslar ham Milliy test tizimi uçun röyxatdan ötişlari mumkin.
Buning uçun ular tuğilganlik haqida guvohnoma (pasport yoşiga yetmaganlar) yoki fuqaroligi bölmagan şaxsning yaşaş guvohnomasi bilan Davlat test markazi yoki uning hududiy bölimlariga murojaat qilişlari mumkin.
Bunda tuğilganlik haqida guvohnoma bilan murojaat qiluvçilar şaxsini tasdiqlaş maqsadida özlari öqiyotgan taʼlim muassasasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan rasmli maʼlumotnoma ham taqdim etişlari kerak.
Davlat test markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bölimlari haqidagi maʼlumot (manzil, möljal, geolokatsiya, telefon) bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
