Pasporti bilan muammosi bor abituriyentlar uçun yöriqnoma

Matn18-iyul, 2020, 18:592 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Pasporti bilan muammo bölayotgan abituriyentlar diqqatiga!

#abituriyent

Köpçilik abituriyentlar pasporti bilan muammosi borligi tufayli, onlayn röyxatdan öta olmayotgani haqida murojaat qilişgan edi. Bu haqda avvalroq kanalimda ham yozgandim.

Rasmiylarning xabar berişiça, bunday abituriyentlarning muammosi quyidagiça hal qilinadi:

1-toifa: yaqinda pasport olgan, lekin DTM saytida pasport maʼlumotlari körinmayotgani uçun röyxatdan öta olmayotganlar

Öşa yangi olgan pasporti bilan öziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, röyxatdan ötadi.

2-toifa: pasport oliş yoşiga yetmaganlar

Ular avval özining tumanidagi pasport stolga murojaat qilib, 1-ilova (oldingi 09-şakl) böyiça maʼlumotnoma oladi. Söngra öziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, röyxatdan ötadi.

3-toifa: yaqinda pasport oliş yoşiga yetgan, pasport oliş uçun ariza topşirgan, ammo hali pasporti tayyor bölmaganlar

Ular ham avval özining tumanidagi pasport stolga murojaat qilib, 1-ilova böyiça maʼlumotnoma oladi. Söngra öziga eng yaqin istalgan OTMlardan biriga borib, röyxatdan ötadi. Agar ularga sal avvalroq 1-ilova böyiça maʼlumotnoma berilgan bölsa, unda yana yangitdan oliş şartmas, öşa berilgani böyiça boraversin.

Qanday hujjatlar kerak?

OTMga borib röyxatdan ötiş uçun quyidagi hujjatlar kerak böladi:

1) pasport yoki 1-ilova (oldingi 09-şakl) böyiça maʼlumotnoma (originali)
2) maktab şahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi (originali)
3) agar bölsa, imtiyoz qöllaşga asos böluvçi hujjatlarning originali (nogironlikni tasdiqlovçi, xorijiy til biliş sertifikati, tavsiyanomalar va h.k.).

Röyxatdan ötiş uçun boşqa heç qanday hujjat yoki fotosurat şart emas.

Eslatma: 20-iyul, duşanba - röyxatdan ötişning oxirgi kuni.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida yangi sörovnoma

    01 daqiqa

  2. Ona haqida video

    03 daqiqa

Yana oʻqing