JŞŞIR nima va uni qanday aniqlaş mumkin
❗️JŞŞIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlaş mumkin?
#abituriyent
20-iyundan boşlab abitur.dtm.uz sayti orqali OTMlarga onlayn hujjat qabul qilişga start beriladi.
Onlayn röyxatdan ötişda fotosurat yoki pasport nusxasi şart emas. Şunçaki JŞŞIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.
Pasport seriya va raqami tuşunarli.
Xöş, JŞŞIR (PINFL) nima? Va uni qanday aniqlaş mumkin?
JŞŞIR – jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsion raqami bölib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan böladi. Pasportni yangisiga almaştirsangiz ham, seriya va raqam özgarişi mumkin, ammo JŞŞIR özgarmaydi (öta kamdan-kam uçraydigan hollar bundan mustasno).
Uni aniqlaş juda oson. Quyida körsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana şu Sizning JŞŞIRingiz böladi.
☝️Şu örinda, 16 yoşga tölgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar tezroq pasport olişga harakat qilişlari kerak. Çunki pasport bölmasa JŞŞIR raqam ham bölmaydi, bu degani abituriyentlar hujjat topşira olmay qolişlari mumkin. Pasportini yöqotgan/şikastlagan abituriyentlar ham pasportini tezroq yangilaşi lozim.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 21
