16 yoşga tölgan abituriyentlar pasport olişi şart
⚡️16 yoşga tölgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar hujjat topşira olmaydi. Ular tezroq pasport olişi kerak!
#abituriyent
Mazkur yilda OTMlarga hujjatlarni qabul qiliş onlayn şaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Uşbu onlayn qabul tizimi abituriyentlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy şaxslarning identifikatsiya raqami (PiNFL) bilan boğlanadi. Şu bois, OTMlarga hujjat topşirişda 16 yoşga tölgan bitiruvçilar pasport olişlari muhim hisoblanadi.
Yurtimizda karantin çeklovlari joriy etilgani sababli pasport yoşiga (16 yoş) yetgan 41 000 dan ortiq bitiruvçilar fuqarolik pasportini öz vaqtida oliş imkoniyatiga ega bölmagan.
Xalq taʼlimi vazirligi uşbu bitiruvçilar va ularning ota-onalariga murojaat bilan çiqib, tezroq pasport oliş masalasida Içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmalariga murojaat etişlarini söramoqda.
Eslatib ötamiz, onlayn qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyun kunidan boşlab 20-iyul kuniga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈


