Maska taqişning koronavirusga qarşi samaradorligi

Matn17-iyun, 2020, 14:312 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Maska taqişni kanda qilmang

Tibbiy niqob taqiş masalasi boşida rosa bahs-munozaralarga sabab bölgan edi. Yaʼni avvaliga aksariyat tibbiyot mutaxassislari ham maska unçalik foyda bermaydi, deyişdi. Hatto Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham kasallar va tibbiyot xodimlari taqişigina maqsadga muvofiq deb yurdi. Ammo keyinçalik köpçilik, jumladan, JSST ham öz tavsiyalarini özgartirdi. Çunki tadqiqotlar şuni körsatdiki, şaharni butunlay yopib qöyiş, samoizolyatsiya bilan birga, oddiy qölbola maska taqişning özi ham koronavirus bilan kasallanişning keskin kamayişini körsatdi.

Masalan, Germaniyaning Mehnat iqtisodiyoti instituti tadqiqotçilari niqob taqiş samaradorligini aniqladi. Maska koronavirus tarqalişini 40 foizgaça sekinlaştirişi mumkin.

Olimlar birinçilardan bölib jamoat transportida va dökonlarda niqob kiyişning majburiy tartibini joriy qilgan Germaniyaning Iyena şahridagi epidemiologik vaziyatni örganişdi. Maʼlum bölişiça, 20 kun içida Iyenada yangi holatlar soni 25 foizga, 60 yoşdan oşgan odamlar orasida esa 50 foizga kamaydi. Bu tartibni keçroq joriy qilgan aholi yaşaş punktlarida virus jadal tarqagan. Ayniqsa, yirik şaharlarda maskaning samarasi yaqqol sezilgan.

Xuddi şunday tadqiqotni britaniyalik olimlar ham ötkazişgan. Unga köra, agar aholining kamida 50% maska taqsa, koronavirus R0 (bazaviy reproduktiv son) birdan past bölar ekan. Soddaroq tuşuntirilsa, koronavirus yuqtirgan 10 kişidan virus yuqtirganlar soni 10 nafardan kamroq böladi.

Demak, kun issiq, nafasim qaytayapti, demasdan, to vaksina çiqib, ommalaşmagunça, maska taqişni kanda qilmaslik lozim.

Yaxşi yangilik. Britaniyalik olimlar deksametazon steroidi koronavirus oğir ötayotgan bemorlarga yordam berişini aniqlaşdi. Ular mazkur preparatni 2 mingdan ortiq bemorda sinovdan ötkazişdi. Maʼlum bölişiça, mazkur dori sunʼiy nafas oliş apparati(IVL)da bölgan bemorlarda ölim riskini 40%dan 28%ga, kislorod maskasida bölgan bemorlarda esa 25%dan 20%ga kamaytirgan. Deksametazon bilan davolaş 10 kun davom etişi mumkin. Dori kasallikning yengil formasi bilan oğriganlarga yordam berişi ehtimoli kam.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek