Toşkentda turar-joy qurilişi aholi noroziligiga sabab böldi
Poytaxt markazidagi Oybek va Nukus köçalari kesişmasida eski kenaf fabrikasi örnida turar-joy majmuasi qurilişi boşlangan. Ammo jarayon boşlanişi bilan öşa yerga yaqin yaşovçi aholi va quriliş kompaniyasi örtasida kelişmovçilik yuzaga kelibdi.
Maʼlum bölişiça, 2016-yilda avvaliga bu yerda 1,5 gektar hududda madaniyat va sport soğlomlaştiriş parki qurilişi böyiça Toşkent şahar hokimining qarori çiqqan. Unga köra, 2017-yil mayga qadar park qurilib foydalanişga topşirilişi lozim bölgan. Ammo 2018-yilga kelib Toşkent şahar hokimining boşqa bir qarori çiqarilib, bu yerda (yer maydoni 1,8 gektarga kengaytirilgan) köp qavatli uy-joy qurilişi böyiça qaror qabul qilingan. Qaror çiqarilgan kompaniya aynan şu hujjat böyiça iş boşlagan. U yerda aholining uyi yoki mol-mulki buzilmabdi. Ammo aholi hokimiyatning dastlabki qarori vaji bilan bu yerda olib borilayotgan qurilişga qarşi çiqmoqda.
Qarorni hokimiyat çiqargan, quriliş kompaniyasi şu qaror asosida va doirasida iş olib boryapti. Unda kim aybdor degan savol tuğiladi. Birinçidan, nega birinçi qaror böyiça bir yil iş butunlay töxtab qolgan? Amaldagi qaror böyiça iş olib borayotgan quriliş kompaniyasi nima qilişi kerak? Savollarga javob beriş orqali xulosa qiliş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

