Qöşni davlatlardan öqişni köçiriş masalasiga oydinlik kiritildi
Qöşni davlatlarda masofaviy taʼlimda öqiyotganlarning öqişini köçiriş yuzasidan
Keça Boş vazir örinbosari Behzod Musayev boşçiligidagi anjumanda köpçilik sörayotgan yana bir masala böyiça savol berdim.
Qöşni davlatlardagi OTMlarda masofaviy asosda öqişini köçiriş uçun ariza bergan talabalar taqdiri biroz havoda osilib qolgandek göyo. Kimdir öqişni köçirişga ruxsat desa, yana kimdir Davlat qabul komissiyasi bayonnomasida ruxsat berilmagan, şuning uçun iloji yöq deydi.
Bu mavhumlik ortidan minglab talabalar nima qilişini bila olmayapti.
Uşbu masalaga javob bergan Oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri Inomjon Majidovning aytişiça, qöşni davlatlardagi OTMlarda masofaviy taʼlim olayotgan talabalarni öqişini köçirişga tösqinlik yöq, bu haqda OTMlarga ham tegişli körsatma berilgan.
Ammo bu yerda bir jihati muhim. Muammo şundaki, qöşni davlatlardan öqişni köçiriş aksiyasi eʼlon qilingaç, uşbu qulay vaziyatdan foydalanib qoliş istagida bölgan "olğirlar" soxta hujjatlar tayyorlaşga tuşib ketişgan. «Natijada qöşni davlatda öqiyapman» deydiganlar soni kutilmaganda keskin oşib ketgan. Bu holat ayniqsa masofaviy taʼlim şakli bilan kuzatilgan (çunki bu şaklda soxta hujjat qiliş birmunça osonroqda).
Şuning uçun, masofaviy taʼlimda öqiyotgan talabalarning maʼlumotnomalarining haqiqiyligini tekşiriş, ularni haqiqatda qöşni davlatga heç bölmasa bir marta bölsa-da, borgan yoki bormaganini aniqlaştiriş uçun jarayon birmunça çözilib ketgan.
«Agar haqiqatdan masofaviy taʼlimda öqiganligi töliq isbotlangan taqdirda ularning öqişini köçiriş va Özbekistonda talabalikka qabul qiliş böyiça heç qanday muammo yöq», - deya taʼkidladi Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri.
Yiğilişda uşbu masala köpçilikni öylantirayotgani sababli vazirlik rasmiy sahifalarida bu böyiça batafsil tuşuntiriş berişlarini iltimos qildim. Vazirlik tez orada ana şunday rasmiy tuşuntiriş berişga vaʼda qildi.
👉 @xushnudbek 👈


