Avvalgi yil bitiruvçilari uçun test tölovi tartibi

Matn16-iyun, 2020, 11:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#abituriyent

Avvalgi yilda bitirgan abituriyentlar tölov qilişi kerakmi?

Ha, kerak. Joriy yilda ham maktab, kollej va litseyni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar testga kiriş uçun tölov qilişadi.

Tölov miqdori - 111 ming 500 söm.

Tölovni qanday tölaş mumkin?

- Onlayn. Plastik kartalar orqali onlayn tölaş mumkin. Bunda onlayn hujjat topşirayotganda plastik karta maʼlumotlarini kiritib, tölaş tugmasini bossangiz, plastik karta ulangan kartaga SMS keladi va şu orqali tölaysiz;

- Banklarda. DTM saytida yoki Davlat xizmatlari markazida çiqarib berilgan invoys orqali istalgan bank filiallarida tölaşingiz mumkin.

5 ta yönalişga alohida tölanadimi?

Yöq, abituriyent neçta yönalişga hujjat topşirişidan qatʼi nazar, faqat bir marta 111 ming 500 söm tölaydi.

Öqişga kira olmasa pul qaytarib beriladimi?

Yöq, bu tölov test jarayonlariga kiriş uçun beriladigan tölovdir. Abituriyent öqişga kirgan yoki kirmaganidan qatʼi nazar, bu tölov qaytarib berilmaydi.

Abituriyent testga kelmasa pul qaytarib beriladimi?

Yöq, qaytarib berilmaydi.

Faqat ijodiy (kasbiy) imtihon topşiradiganlar ham tölov qiladimi?

Yöq, uşbu tölov faqat testga kiriş uçun tölanadi. Test mavjud bölmagan, faqat ijodiy imtihonlardan iborat bölgan yönalişlarga topşirgan abituriyentlardan tölov undirilmaydi. Agar ijodiy imtihonlardan iborat yönalişlarni tanlagan abituriyentlar adaşib tölov qilib qöysa, ularga pullari qaytarib beriladi.

Kimlardan pul olinmaydi?

Nogironligi bölgan yoki töliq davlat taʼminotidagi şaxslar tölovdan ozod etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek