IELTS yoki CEFR sertifikatini keç olganlarga imtiyoz berilmaydi
❗️IELTS yoki CEFR sertifikatini keç olgan abituriyentlarga imtiyoz berilmaydi
Keçagi yiğilişda köpçilik abituriyentlar tomonidan berilayotgan xorijiy tilni biliş sertifikatini olişdagi muammolar haqida ham mutasaddilarga savol berdim.
Yaʼni karantin sababli mart oyidan buyon IELTS, CEFR yoki şu kabi tizimlar böyiça imtihonlar ötkazilişi nomaʼlum muddatga qoldirildi. Qaçon ötkazilişi ham hozirça nomaʼlum.
Joriy yilda abituriyentda B2 darajadagi sertifikat bölsa, u çet tilidan test topşirmaydi va unga öşa blok böyiça maksimal ball beriladi. Şu sababli imtihonga ariza berib, pulini tölab qöygan abituriyentlar tomonidan "biz sertifikatni keçroq bersak ham imtiyoz qöllanadimi?" degan savollar berilayotgan edi.
Uşbu savolga javob bergan Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov agar abituriyentlar hujjat topşirişning oxirgi kuni, yaʼni 20-iyulga qadar sertifikatni olişga ulgurmasa, unda ularga imtiyoz taqdim etişning texnik imkoni yöqligini maʼlum qildi. Çunki 20-iyuldan keyin DTM bazasi yopiladi va keyinçalik unga yangi maʼlumot qöşib bölmaydi.
Vazirning yana bir fikrni qöşimça qildi, yaʼni B2 daraja oladigan bilimi bor abituriyentlar sertifikat olişga ulgura olmaslikdan qörqmasa ham böladi, ular bemalol özi testdan maksimal natijani qölga kirita oladi.
Şuningdek, DTM direktori Majid Karimov ham vaziyatga izoh berar ekan, milliy CEFR sertifikati oliş uçun 600 nafar abituriyentlar ariza topşirib, tölov qilganini, ulardan test oliş uçun barça narsa tayyorligini, faqatgina hozirda DTM testlarni ötkaziş uçun Hukumatdan tegişli ruxsat kutib turganini, agar epidemiologik vaziyat yaxşilanib, sanitar qoidalar asosida test ötkazişga ruxsat berilsa, 3-4 kun içida javoblarni çiqarib berişi mumkinligini bildirdi.
Demak, xulosa:
- ruxsat berilişi bilan xorijiy tilni biliş sertifikati uçun testlar ötkaziladi, lekin buni aniq böliş-bölmasligini oldindan heç kim aytolmaydi;
- agar abituriyent 20-iyulga qadar sertifikat olişga ulgurmasa, unga imtiyoz qöllanmaydi va hamma qatori test topşiradi.
👉 @xushnudbek 👈
