Keyingi yildan imtiyoz uçun B2 sertifikat talab qilinadi
Keyingi yildan barça yönalişlarda imtiyoz oliş uçun B2 sertifikat talab qilinadi
#abituriyent
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 395-sonli qarorga köra, quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bölganda, çet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent testga kirmaydi:
asosiy bloki çet tili bölganlar – CEFR B2 va undan yuqori (IELTS 5,5 yoki TOEFL IBT 72);
2 va 3-bloki çet tili bölganlar – CEFR B1 va undan yuqori (IELTS 4,5 yoki TOEFL IBT 42).
Lekin köpçilik qarorning bir jihatiga eʼtibor qaratmadi va xabarlarda ham bu haqida aytilmadi.
Yaʼni yuqoridagi talablar faqat joriy yil uçun amal qiladi, keyingi yildan çet tili qaysi blokda bölişidan qatʼi nazar imtiyoz B2 darajadagi sertifikati bor abituriyentlarga beriladi. Yana ham soddaroq aytganda, B1 darajasi keyingi yildan boşlab kiriş imtihonlarida heç qanday imtiyoz bermaydi.
Oçiği bunaqasini kutmagan edim. Yodingizda bölsa, ötgan yili xuddi şu qarorning loyihasi muhokama uçun qöyilgandi, lekin bu band öşa loyihada yöq edi. Unda qayerdan paydo bölib qoldi? Kim qöşdi? Nima maqsadda qöşdi? Kimdir izoh beradimi bunga?
Loyiha eʼlon qilinganda, köpçilik B2 uçun eʼtiroz bildirgandi. Lekin men asosiy blokka imtiyoz beriş uçun B2 talab qiliş taşabbusini qöllab-quvvatlab post yozgandim (https://t.me/xushnudbek/1362). Unda quyidagiça fikrlar bor edi:
«Boşqa tomondan qaraganda, ingliz tili filologiyasi yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent ingliz tilini arxeologiya yönalişiga topşirgan abituriyentdan yaxşiroq bilişi kerakmi? Nima uçun oddiy maktab bitiruvçisiga qöyilgan talabni (B1) bilgani uçun ingliz tili va adabiyotiga topşirgan abituriyentga test sinovlarida maksimal (!) ball berib va uni testdan ozod qiliş kerak? Nima uçun?
Ingliz tili böyiça tarjima nazariyasi va amaliyoti yönalişida imtiyozga ega çiqmoqçimi, marhamat, hammadan bir boş balandroq ekanligini isbotlasin va B2 daraja bilan maksimal ball (30 tadan 30 ta töğri javob) olsin. Abituriyent hammadan zörroq emasmi, unda keçirasiz, marhamat qilib B1 darajada tuzilgan test savollariga el qatori javob bersin va zör bölsa, hammasiga töğri javob berib, öqişga kirsin».
Haliyam öşa fikrlarimda sobitman. Ammo keyingi yildan qaysi blokda bölişidan qatʼi nazar barça yönalişlarga B2 sertifikat talab qilinişini maʼqullamayman.
Bevosita ingliz tiliga ixtisoslaşgan va ixtisoslaşmagan yönalişlar orasida farq bölişi, talablar darajasi turliça bölişi kerak. Axir bu oddiy mantiq-ku!
Yana bir jihatini inobatga olişlarini iltimos qilar edim. Bugungi kunda maktab, kollej va litseylarda çet tilini öqitiliş darajasini hammamiz yaxşi bilamiz, bu heç kimga sir emas.
Masalan, Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida B1-CEFR darajasiga muvofiq ingliz tilini özlaştirgan umumtaʼlim maktablari bitiruvçilari sonini 2019-yilda 10%, 2021-yilda 20%, 2025-yilda 50% va 2030-yilga boribgina 100%ga çiqariş reja qilinayotgani yozilgan. Bu hali B1 daraja haqidagi reja. B2 ga yöl bölsin.
Mana şunday şaroitdan kelib çiqib, kiriş imtihonlarida talabni B2 darajasigaça keskin kuçaytiriş yoşlarda til örganişga bölgan iştiyoqni badtar kamaytiradi. Bola psixologiyasida şunaqa, kam-kam, kiçik vazifalar berib, ularda öqişga motivatsiyasini oşiriş kerak. Birdaniga murakkab topşiriq ularni bezdirib qöyadi va aks natija beradi.
Masalan, çet tili asosiy bölmagan yönalişlarda IELTS 4,5 uçun maksimal ball berilişini eşitib, köpçilik öqiş istagini bildirdi. “Voy, ança oson bölibdiku, sal harakat qilsam, bu darajani olamanku” degan öy bilan çet tilini öqişga iştiyoq paydo böldi. Ammo endi ularning vazifasi yanada murakkablaşdi. Bunaqa vaziyatda IELTS 5,5 oliş uçun ketadigan vaqt hamda mehnatdan qoçib, tinçgina tavakkal test işlab çiqiş variantini tanlaşi mumkin.
Şaxsiy fikrimça, toki xalq taʼlimidagi sifat talab darajasiga yetgunça, bunday baland talablarni qöymaslik kerak.
Mutasaddilar bu qarorni hali ham qayta körib çiqişsa maqsadga muvofiq bölar edi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
