Çet tilidan maksimal ball oliş uçun talablar
❓Abituriyentlar maksimal ball olişi uçun çet tilini qay darajada bilişi kerak?
#abituriyent
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga köra, 2020/2021 öquv yilidan boşlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bölganda, çet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent çet tilidan test işlamaydi:
ingliz tili uçun — IELTS 5,5 (bunda Toşkent davlat yuridik universiteti uçun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill hamda milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
yapon tili uçun — JLPT №2 yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
nemis tili uçun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
fransuz tili uçun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori daraja;
boşqa tillar uçun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari böyiça V2 va undan yuqori daraja.
Bundan pastroq daraja (masalan, IELTS 5) olgan abituriyentlarga maksimal ball berilmaydi, ular el qatori testga kirib, savollarga javob berişlari kerak böladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1334

