Magistraturaga kiriş uçun çet tili sertifikati talabi
❓Magistraturaga kiriş uçun çet tili sertifikati bölişi kerakmi? Bu qoida kuçga kirdimi?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, kerak. Uşbu talab 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Prezident qarorida belgilangan.
Qarorga köra, 2022/2023 öquv yilidan, yaʼni joriy yildan boşlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega şaxslar iştirok etişi tartibi joriy etiladi.
❓Qanaqada darajada talab etiladi?
✅ Bunda, filologiya yönalişlari böyiça kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yönalişlari böyiça esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
❓Uşbu talab keyingi yilga qoldirilişi mumkinmi?
🤷🏻♂️ Bilmasam, balki qoldirilar. Lekin Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi masʼullaridan aniqlaştirganimda, keyinga qoldiriş böyiça heç qanday reja yöqligi, bu masala körib çiqilmayotgani, yaʼni çet tili sertifikati talabi magistratura va doktorantura uçun joriy yilgi imtihonlardan kuçga kirişini maʼlum qilişdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1310



