Çet tilidan maksimal ball oliş uçun talablar
❓Abituriyentlar maksimal ball olişi uçun çet tilini qay darajada bilişi kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga köra, 2020/2021 öquv yilidan boşlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bölganda, çet tili fani uçun eng maksimal ball beriladi va abituriyent çet tilidan test işlamaydi:
ingliz tili uçun — IELTS 5,5 (bunda Toşkent davlat yuridik universiteti uçun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori;
yapon tili uçun — JLPT №2 yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori;
nemis tili uçun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori;
fransuz tili uçun — DELF, TCF4 yoki milliy sertifikat böyiça B2 va undan yuqori;
boşqa tillar uçun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari böyiça V2 va undan yuqori daraja.
‼️Eslatib ötaman, 2019-yilda, yaʼni uşbu qaror qabul qilingan ilk yilda B1 daraja uçun ham maksimal ball berilgan. Ammo 2020-yildan boşlab faqat B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat uçun abituriyentlar imtihondan ozod qilinib, maksimal ball tarzidagi imtiyozga ega böladi. Hozirda B1 darajaga imtiyoz berilmaydi!
👉 @xushnudbek 👈


