Çet tili sertifikati bor abituriyentlarga imtiyozlar
Keça aytilganidek, Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi (2019-yil 13-may, 395-son). Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2019–2020 öquv yilidan boşlab oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.
👉 Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga çet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, italyan, yapon tillari) birinçi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yönalişlariga hujjat topşirgan va DTM tomonidan beriladigan sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
• ingliz tili uçun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
• yapon tili uçun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
• nemis tili uçun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
• fransuz tili uçun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
• boşqa tillar uçun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori.
👉 Birinçi (asosiy) bölmagan fan sifatida kiritilganlar yönalişlarga esa (Toşkent davlat yuridik universiteti mustasno) quyidagi darajalar uçun belgilangan maksimal ball beriladi:
• ingliz tili uçun – milliy sertifikat yoki IELTS 4,5, TOEFL IBT 42, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B1 va undan yuqori;
• yapon tili uçun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B1 va undan yuqori;
• nemis tili uçun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B1 va undan yuqori;
• fransuz tili uçun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B1 va undan yuqori;
• boşqa tillar uçun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B1 va undan yuqori. #abituriyent
👉 @xushnudbek 👈

