Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga berilgan imtiyozlar
«Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga nima uçun ball qöşilyapti?
#abituriyent
Bugungi brifingni köpçilik kördi, menimça. Keça Markaziy bank bilan bölgan brifing töliqligiça olib berilgan va jurnalistlarning barça savollariga batafsil javob qaytarilgani efirda oxirigaça namoyiş qilingandi. Bugun esa, dastlabki savoldan keyinoq töğridan-töğri efir uzib qöyildi. Balki bu Prezidentning Qoraqalpoğistonga qilgan taşrifi yakunlarini yoritiş maqsadida bölgandir, kim bilsin. Har holda efirning uzilişi bilan boğliq savollarga «Özbekiston24» kanali izoh berişi kerak.
Keçagi jonli efir Markaziy bank imiji uçun juda katta ijobiy foyda keltirgan bölsa, bugungisi DTM uçun eʼtirozlarni yanada köpaytirgani bilan yodda qoldi.
Endi brifingda aytilgan bir masalaga töxtalsak.
Unda aytildiki, «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga joriy yilda oliy harbiy taʼlim muassasalariga öqişga kirişda test sinovlarida özlari töplagan ballarning 30 foizi, boşqa davlat OTMlariga öqişga kirişda esa özlari töplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qöşimça ballar körinişida imtiyoz berilar ekan.
Ha, töğri, 28.06.2019-yildagi PQ-4375-sonli Prezident qarorining 8-bandi “g” kiçik bandida bu haqida belgilangan.
Ammo nima uçun imtiyoz ballari joriy yildan qöşilmoqda? Axir Prezident qarorida yangi şakllantirilayotgan «Temurbeklar maktablari»ga qabul va öqitiş 2020/2021 öquv yilidan boşlanadi, deb yozilganku. Hali «Temurbeklar maktabi»ga qabul boşlanmagan bölsa, öz-özidan uning bitiruvçilari ham bölmaydiku.
Yoki qarorda «Temurbeklar maktabi» Ustavini tasdiqlaş va amalga joriy qiliş muddati 2019-yil 10-oktabrga qadar, deya belgilangan. Hali litseyning Ustavi ham yöq ekan, nima uçun joriy yilda imtiyoz berilyapti?
28-iyunda qaror çiqqan payti allaqaçon joriy yilgilar diplomini olib bölgan edi-ku.
Özi joriy yilda faqat Farğonadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga davlat granti asosida asosiy qabul kvotasi içida imtiyoz berilgani köpçilikning noroziligini tuğdirgandi. Çunki Farğonadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilari testdan sezilarli darajada past ball olsa ham, davlat grantiga kirişgan, ulardan ança yuqori ball olganlar esa avval "öqişga kirdi" deya eʼlon qilinib, keyin kutilmaganda çiziqdan pastda qolib ketgan edi. Qöşimça kvota ajratilganda ham, heç kim eʼtiroz qilmagan bölardi.
Özi nima uçun ball qöşib beradigan imtiyoz joriy qilindi? Bir neça yillar davomida tinimsiz tanqid qilib, harbiy tavsiyanoma asosida ball qöşib beradigan adolatsiz tizimni zörğa bekor qildirtirgan edik. Endi esa yana bitta şunaqa imtiyoz joriy qilindi.
Mantiqan öylaganda, «Temurbeklar maktabi» şunaqa zör litsey ekan, unda nima uçun ularning bitiruvçilariga ball qöşib beriş şaklidagi imtiyoz beriş kerak? Ular özi şundoq ham bilimda oddiy maktab bitiruvçilaridan ustun bölişi kerak emasmi?!
Harbiy litseylarning bitiruvçilariga harbiy OTMlarga qanaqadir imtiyoz berilişini tuşunsa böladi, ammo oddiy OTMlarga ball qöşib beriş şaklidagi imtiyoz maqsadga muvofiq emas. Bu ijtimoiy tengsizlik. IMHO.
P.S.: joriy yilda öşa maktabni bitirib, 15% qöşimça ball olayotganlarga bu gaplarim yoqmasligi tabiiy. Ammo xavotir olmang, Sizlar baribir öşa qöşimça ballni olasiz, mening gaplarim heç narsani özgartirmaydi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
