Nega mandat natijalarini eʼlon qiliş keçikmoqda
Nega mandat keçikyapti?
#abituriyent
14.05.2019-yildagi Prezident qarori böyiça, test sinovlarining javoblarini eʼlon qilişning oxirgi muddati - 22-avgust. Qonun hujjatlarida test sinovlari natijalarini ortga suriş haqida birorta qoida yöq.
Bugun soat 15:00-da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida DTM vakili bilan brifing bölar ekan. Agentlik xabarida aytilişiça, brifingda 21-avgustda eʼlon qilinişi möljallangan mandat natijalari maʼlum kunlar orqaga surilişi yuzasidan ham axborot berilar ekan. Aytgança, aytişlariça, brifingni töğridan-töğri «Özbekiston24» telekanali orqali efirga uzatiş rejalaştirilayotgan ekan.
Şu eʼlondan keyin deyarli barça «mandat keçikar ekan», deya yozişmoqda. Bilmadim, balki keçikmas, çunki ertaga ham vaqt borku hali.
Köpçilikni bir savol qiziqtirmoqda: nima uçun joriy yilda mandat keçikmoqda? Çunki yakuniy natijalarni hisoblaş texnik tomondan qiyin emasku, kompyuter osongina çiqarib beradi, oxirgi kunni kutiş şartmi, deyişmoqda.
Ha, töğri, kompyuterga barçasi juda oson. Ammo şaxsiy fikrimça, gap boşqa joyda. Menimça, bunga quyidagi omillar sabab bölmoqda:
Birinçidan, olingan maʼlumotlarga köra, 19-avgust kuni ham operatorlarning aybi tufayli, texnik xatolik bilan testga kira olmagan ayrim abituriyentlar uçun test sinovlari ötkazilgan. Ammo bu haqida heç qayerda rasman eʼlon qilinmadi. Bu juda va juda yomon. Çunki bu turli şubha va gumonlarni köpaytiradi. Bunday maʼlumotlar oldindan, oçiq-oşkora eʼlon qilinişi kerak edi.
Izoh: mutasaddilarga ham hayron qolaman-da. Testni adolatli ötkaziş uçun qay darajada katta hajmli işlar qilinyapti, buni körib turibmiz. Ammo yuqoridagi kabi elementar holatlarda maʼlumotlarni oşkor qilmasdan, işonçsizlikni oşirib yuborişyapti. Nima uçun alohida test böldi, unga kimlar kirdi, şunçaki tasodifmidi yoki oldindan öylangan rejamidi, degan savollarni köpaytirmaslik uçun ham, şaffoflik kerak.
Ikkinçidan, haligaça ayrim imtiyozlarni uçta yönalişda qöllaş tartibi rasman maʼlum emas. Masalan, harbiy tavsiyanomasi borlarning imtiyozi uçta yönalişda qay tartibda ötişi, 19-avgustga kelibgina eʼlon qilindi. Hali maqsadli qabul, nogironlar, harbiylarning farzandlariga berilgan imtiyozlarning hisoblanişi borasida ham birorta rasmiy hujjat yöq.
Şuningdek, Farğonadagi «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilari alohida kvotada qabul qilinadimi yoki asosiy kvota içidami, bu ham aniq emas. Bunday holatda yakuniy natijalarni çiqariş imkonsiz.
Izoh: 2019-yilgi qabul jarayonlari hujjatlar keçikişi va ayrim tartiblarni heç qanday hujjatlarsiz ötkazilganligi bilan alohida tarixga kirdi. Ötgan yillarda hujjatlar bu kabi keçikmagandi. IMHO.
Uçinçidan, yakuniy natijalarni faqat Davlat qabul komissiyasi raisi, yaʼni Boş vazir tasdiqlab imzolaşi kerak. Şundan keyin u kuçga ega böladi. Balki imzolatiş jarayoni mandatni ortga surayotgan bölişi mumkin.
Maʼlumot uçun: keça Boş vazir xizmat safari bilan Namangan viloyatida bölgandi.
Har ne bölganda ham, mandatni 22-avgustdan keçiktirmasdan eʼlon qilişlariga umid qilib qolamiz. Barçaga sabr va omad tilayman. Oz qoldi.
P.S.: işqilib, 19-avgustda ham test ötkazildi, öşançun natijalarni 26-avgustda (testlar töliq yakunlangandan 1 hafta içida) eʼlon qilişga qonunan haqqimiz bor deyişmasmikin )))
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈
