mandat.dtm.uz saytidagi natijalar böyiça izoh

Matn14-avgust, 2019, 20:002 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Talaba bölganligini hozirdan biliş mumkinmi?
#abituriyent

mandat.dtm.uz sayti haqida köplab savollar kelib tuşmoqda, şuning uçun qisqa izoh bermoqçiman.

Saytdagi natijalar yakuniy emas. Şunçaki kim neça ball olganini va ballar ketma-ketligidagi joylaşuvni körsatyapti xolos. Hali u yerdagi örinlar bir neçta sabablarga köra özgarişi mumkin.

Birinçidan, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun ajratilgan alohida 5% lik kvotaga kirganlar bu röyxatdan çiqib ketadi.

Köpçilik haligaça bexabar ekan, eslatib qöyay, joriy yildan harbiy tavsiyanoma uçun qöşimça ball berilmaydi, ular alohida kvota uçun kuraşadi. Batafsil.

Ikkinçidan, nogironligi bölgan şaxslar uçun imtiyozli ravişda ajratilgan qöşimça 2% li davlat granti asosidagi kvotaga kirganlar bu röyxatdan çiqib ketadi.

Uçinçidan, harbiy xizmatçilarning farzandlari uçun ajratilgan alohida 5% li davlat granti asosidagi kvotaga kirganlar bu röyxatdan çiqib ketadi.

Şuningdek, hozir bazada uçta yönalişni tanlaganlar barça uçta yönalişda körsatilmoqda. Testlar töliq yakunlangaç, ular tanlagan ustuvor yönalişlariga qarab, yönalişlarga bölinib ketadi va qolgan 2 ta yönaliş röyxatidan çiqib ketadi.

Xullas, hozir mandat.dtm.uz sayti orqali şunçaki öz balingizni bilib, imkoniyatlaringizni taxminan çamalab turişingiz mumkin. Ammo yakuniy natija barça test sinovlari tugagaç maʼlum böladi.

Ammo yakuniy natijani faqat hozir öqişga kira olmaganlar röyxatida turganlar kutişi kerak. Çunki ular yakuniy natija çiqqanda kirgan bölişi mumkin. Albatta bunda jaaa röyxatda pastda turganlar emas, çiziqqa yaqin joylaşganlarda imkoniyat böladi.

Ammo hozir kvota böyiça öqişga kirganlar röyxatida turganlar, nazariy jihatdan yakuniy natijalarni kutib ötirmasdan, talabalikni allaqaçon nişonlayversa böladi. Çunki hozir abituriyentlar uçala tanlagan yönalişlari böyiça röyxatda turişibdi, bu degani uşbu röyxatdan kimdir çiqib ketsa ketadiki, lekin boşqa joydan baland ball olgan begonalar röyxatga kelib qöşilmaydi. Demak, nazariy jihatdan ularni kira olmay qolişiga xavf yöq. Aksinça, hozir kontraktni boşida turganlar yakunda byudjetga kötarilişi mumkin.

Xullas, şunaqa gaplar.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek