Xususiy mulk himoyasiga oid Prezident Farmoni imzolandi
Xususiy mulk himoyasiga oid Farmon
Prezident Şavkat Mirziyoyev xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuçaytirişga oid katta Farmonni imzoladi.
Unga köra:
👉 Boş prokuratura va Prezident huzuridagi Biznes-ombudsman mansabdor şaxslar tomonidan suiisteʼmol va qonunbuzarlik holatlarining oldini oliş va bunga yöl qöymaslik yuzasidan zarur çoralarni köradi va quyidagilarga yöl qöyilmasligi ustidan tizimli nazorat örnatadi:
• xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilişi;
• mulk huquqini noqonuniy çeklaş va (yoki) undan mahrum qiliş;
• xususiy mulkka, jumladan, avval xususiylaştirilgan mulkka tajovuz qiliş;
• mulkdorga qasddan nomaqbul şartlarni, şu jumladan, mulkni yoki mulkiy huquqni topşirişga doir asossiz talablarni qöyiş;
• mulkni olib qöyiş yoxud mulk egasini şaxsiy mulk huquqidan voz keçişga majbur qiliş.
👉 Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar va şaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlanadi:
• tadbirkorlik subyektlarini özlarining asosiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, şu jumladan, homiylik va xayriya yordami körsatiş işlariga, hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini olib boriş, temir-tersak va makulatura yiğiş hamda boşqa işlarga majburiy jalb qiliş;
• tadbirkorlik subyektlarini har qanday şaklda qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga (ekiş va yiğib oliş işlariga) va mehnat resurslari, pul mablağlari va boşqa moddiy boyliklarni yönaltiriş bilan boğliq boşqa tadbirlarga jalb qiliş;
• tadbirkorlik subyektlari iştirokida majburiy tartibda, şu jumladan, ularga nisbatan maʼmuriy va boşqa çoralarni qöllaş tahdidi ostida yiğilişlar va boşqa tadbirlarni ötkaziş.
👉 2020-yil 1-yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi Raisi va hokimlarning qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini olib qöyiş va bir fermer xöjaligidan boşqasiga ötkaziş, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslar egaligida bölgan, ular foydalanadigan va mulki bölgan yer uçastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uçun olib qöyiş böyiça vakolatlari tegişli xalq deputatlari Kengaşlariga beriladi.
👉 2020-yil 1-fevralga qadar Sirdaryo viloyatida qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş tartib-taomillarini aprobatsiya qiliş böyiça huquqiy eksperiment ötkaziladi.
👉 2019-yil 1-oktabrdan boşlab tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş yer uçastkalari respublikaning barça hududlarida faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonçasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etiladi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uçastkalari beriş hollari bundan mustasno.
👉 @xushnudbek 👈
