Talabalar yotoqxonalari quriş uçun yer auksionga çiqariladi

Matn16-iyun, 2021, 18:401 daqiqa1 koʻrishtahrirlangan

Talabalarga arzon yotoqxona quriş uçun yer auksion orqali ajratiladi

Hozirda talabalarda qöşimça 149 mingta turar joyga ehtiyoj mavjud. Uşbu muammoli masalani, faqatgina tadbirkorlar bilan xususiy şeriklik orqali qisqa fursatlarda hal qiliş mumkinligi aytildi.

Böş maydoni bölgan OTMlar öz hududida, böş maydoni bölmaganlari 1,5 kilometrgaça masofada tadbirkorlarga yotoqxonalar taşkil etiş uçun yer auksion orqali ajratiladi.

Oliygoh rektori, viloyat hokimlari tadbirkorlar bilan kamida 20 yil muddatga şartnoma imzolaydi, binoning 1-2 qavatini biznes uçun (köngiloçar xizmatdan taşqari) tadbirkorga beriş, yuqori qavatlarini arzon turar joy (xostel) taşkil etiş şartlari belgilanadi.

Talabalarning turar-joyi xarajatlarining 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi.

Bu tadbirkor uçun – kafolatli mijoz, birinçi va ikkinçi qavatidagi biznesi uçun katta bozor, talaba uçun – qulay va arzon şaroit, oliygohga esa – mablağni tejaş va ularni taʼlim sifatini oşiriş uçun yönaltirişga katta imkoniyat dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident viloyat hokimlariga bir hafta muddatda talabalarga qulay hududlarda yotoqxonalar quriş böyiça yer maydonlarini belgilab, auksionga çiqariş böyiça körsatma berdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek