Şavkat Mirziyoyev oliy taʼlim rektorlari haqida gapirdi
Ayni paytda Prezident raisligida oliy taʼlimga bağişlangan videoselektor bölib ötmoqda. Unda Şavkat Mirziyoyev rektorlar haqida şunday dedi:
- Agar oliygohda bilimli rektor bölsa, bu xalqimizning baxti. Bu balandparvoz gap emas. Rektorning dunyoqaraşi viloyat, şahar hokiminikidan baland bölişi kerak. Men rektorni eng katta islohotçi, fidoyi, deb bilaman. Agar u yoşlarni bilimli qilib tarbiyalay olsa, bizga boşqa heç narsa kerak emas. Lekin hamma rektorlar şundaymi? Sifat bilan şuğullanmagan, “talaba uçun men nima bera olaman” degan savolga javobi bölmagan rektorning kelajagi yöq.
Davlat rahbari taʼlim sifatini yaxşilaş va taʼlimning barça jarayonlarini bozor ehtiyojlaridan kelib çiqib, taşkil etiş masalasi Oliy taʼlim vazirligi, rektorlarning eʼtiboridan çetda qolib ketayotganini tanqid qildi.
👉 @xushnudbek 👈


