Jahongir Ortiqxöjayev yer masalasida tadbirkorlarga murojaat qildi

Matn8-fevral, 2022, 11:092 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev yer masalasida tadbirkorlarga murojaat bilan çiqdi

Murojaatda aytilişiça, hozirda yer uçastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilmoqda, tuman (şahar) hokimlarining töğridan-töğri yer maydoni ajratiş böyiça qaror qabul qiliş vakolati bekor qilingan.

Şunga qaramasdan, joylarda hanuzgaça yer maydonlarini töğridan-töğri ajratiş, yerlarni özboşimçalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalarni quriş, yengil qurilmalarni örnatiş, avtobus bekatlari örnida heç bir ruxsatsiz savdo dökonlarini quriş kabi salbiy holatlar köplab uçramoqda.

Sönggi vaqtlarda özining tanişlari orqali yer olib berişni vaʼda qilayotgan yoki turli soxta “qarorlarni” körsatib, kadastr hujjatini keyin hal qilib berişga işontirib, yer sotib olişni taklif etayotgan şaxslar köpayib ketgan. Ularga işonmang.

«Tadbirkor mulkini buziş, unga zarar yetkaziş bizning maqsadimiz emas», - deyiladi murojaatda.

Ammo özboşimçalik bilan egallab olingan yerda qurilgan bino va inşootlarning mulk huquqi eʼtirof etilmaydi. Aksinça, uşbu yerni davlat zaxirasiga qaytariş uçun qurilgan binolar heç qanday kompensatsiya tölanmasdan buziladi hamda aybdor şaxslar jazoga tortiladi.

Ortiqxöjayev poytaxt aholisi va deputatlarga ham murojaat qilib, özlari yaşayotgan hududlarda noqonuniy ravişda örnatilayotgan yengil qurilma dökonlar, fast-fud şoxobçalari va avtobus bekatlari örnida qurilayotgan dökonlar haqida öz vaqtida vakolatli idoralarga xabar berişlarini, befarq bölmasliklarini iltimos qilgan.

«Tadbirkorlik bilan şuğullanar ekansiz, öz mablağingizni ehtiyot qilib, yer oliş uçun auksionda iştirok etib, yerning qonuniy egasi böling. Noqonuniy harakatlarga aralaşib mablağingizga kuyib qolmang, aldanmang, sarmoyangizni töğri sarflang!», - deyiladi hokimning murojaatida.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1045
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek