Lukaşenko va Solovyov Özbekiston taqdirini muhokama qilişdi

Matn7-fevral, 2022, 21:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzЛукашенконинг фикрича, собиқ СССР ҳудудидаги аксарият давлатлар, жумладан Ўзбекистон ҳам 10-15 йиллар ўтиб ҳозирги Россия ва Беларусь бирлашмасига келиб қўшила…

Ikkitasi ötirvolib, Özbekiston taqdirini muhokama qilişibdi

Kun böyi mahallani boşida ötirib, ötganni ham, ketganni ham muhokama qiladigan kampirlar böladi, bilasizmi? Ular mahalladagi hammaning oilaviy va şaxsiy hayotiga burnini tiqib, birovlar uçun qarorlar qabul qiladi, buni qilasan, uni qilasan, deb aql örgatişadi, senlar uçun nima yaxşiligini biz bilamiz, deb daʼvo ham qilib qöyişadi. Öşanaqa kampirlarni körganda, odamning afti bujmayib, aylanib ötgisi keladi.

Vladimir Solovyov Belarus fuqarosi Lukaşenkodan intervyu olibdi. Ikkalasi 10-15 yildan keyin Markaziy Osiyo davlatlari taqdiri nima bölişini ham muhokama qilişibdi.

Solovyov oldindan rejalaştirilgan va aniq maqsad sari yönaltirilgan quyidagi savolni bergan:
"meni öylaşimça, kelgusida 350-450 mln odamdan iborat birlaşgan davlat tuzişimiz kerak" degan.

Aha, yoqmay qolsin. Gap yangi SSSR haqida ketmoqda. Bu Rossiyaning azaliy orzusi-ku.

Lukaşenko ham şu savolni kutgan va bunga oldindan tayyor edi. Darrov bu fikrni qöllab-quvvatlagan. Belarus allaqaçon qöşilib bölgan. Qozoqlarga dars böldi, ular ham qöşiladi, yaqinda Ukraina ham qöşilmasdan iloji qolmaydi, degan.

Hammasi tuşunarli. Uşbu 2 ta davlatda bölgan/bölayotgan voqealar bejizga emasligining yaqqol isboti bu.

Lukaşenko fikrini davom ettirar ekan, Armaniston ham heç kimga kerak emasligini tuşundi, aniq bizga qöşiladi, Ozarbayjon sal söroq ostida, çunki uni Turkiya juda qattiq qöllab-quvvatlayapti. Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistonning ham qöşilmasdan boşqa iloji qolmaydi, degan.

Bu ikkovlon suhbat jarayonida yagona armiya, yagona pul birligi va yagona mudofaa çegarasi haqida ham gapirişgan. Eng kulgilisi, "biz bunga majburmiz, çunki ğarb bizga umumiy duşman ekanligini körib turibmizku", deyişgan. Rossiya va Belarus şaxsiy junni aralaştirib yubormayaptimi, mabodo?

Ötgan safar Qozoğistondagi voqealar fonida ham Lukaşenko öziça Özbekistonni ogohlantirib, saboq çiqarişga çaqirgan edi. Bunga Şavkat Mirziyoyev javob qaytarib, buni asossiz bayonot deb baholagandi.

«Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytariş va zarba beriş uçun biz yetarli kuç va salohiyatga egamiz», - degan edi davlatimiz rahbari.

Endi bular yana navbatdagi axborot hujumini uyuştirişibdi. Maqsad oçiq-oydin körinib turibdi. Bir amallab eski imperiyani tiklab oliş va hammani yagona davlatga birlaştiriş.

Avval aytganimdek, ilgari bunga yaşirin daʼvatlar qilingan bölsa, endi surbetlarça oçiq tarğibot va baʼzi joylarida tahdidga ötişmoqda.

Ular tuşunmayaptiki, Özbekistonning öz tanlagan yöli va prinsiplari bor. Özbekiston u xoh şarq bölsin, xoh ğarb bölsin, boşqa davlatlar bilan teng şeriklikdagi özaro manfaatlar yuzasidan hamkorlik qiladi. Xudo xohlasa, doim şunday bölib qoladi.

Rossiya va Belarus esa özining AQŞ hamda Yevropa bilan boğliq muammolari, sanksiyalarini özi hal qilsin. Bizni bunga aralaştirmasin. Va bizning taqdirimizni biz uçun hal qilişni ham yiğitirişgani maʼqul. Özbekiston taqdirini özbek xalqi hal qiladi, ilohim, boşqalarga kunimiz qolmasin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 6952
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek