Lukaşenko Özbekistonni KXŞT haqida ogohlantirdi
Lukaşenko Özbekistonni ogohlantirdi. Uning gaplari safsata, lekin bu xavotirli signal
KXŞT (ODKB)ning bugungi yiğilişida Lukaşenko Qozoğistonda notinçlikni keltirib çiqargan taşqi kuçlarning nazari Özbekistonga ham qaratilgani haqida gapirdi.
“Qozoğistondagi voqealar saboq bölişi kerak deganimiz, keçirasiz-u, hammadan ham avval Özbekistonga taalluqli. Agar saboq olinmas ekan, bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, ularning nigohi Özbekistonga ham qaratilgan”, – dedi u.
Bu gaplar albatta safsata, lekin baribir odamning asabiga tegadi. Kim kimu, har holda Özbekistonni ogohlantiriş Lukaşenkoning işi emas. Aksariyat xalqi “yöqol” deb eʼtiroz bildirib turgan Prezidentni bugun bizga aql örgatişi kulgili.
Yana bir qiziq tomoni, xöp, aytaylik janob Lukaşenkoda Özbekistonga böladigan kelgusidagi hujumlar haqida maʼlumot bor ekan, unda nima uçun ularni Özbekistonga taqdim etmasdan, qanaqadir harbiy taşkilot majlisida populistik çiqişlar qilyapti? Agar u bizga döst ekan, unda bu maʼlumotlarni eng avvalo Özbekistonga aytişi kerak edi-ku. Axir 28-dekabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida Lukaşenko Şavkat Mirziyoyev bilan körişgandi, nega bu tahdid haqida bir oğiz aytmagan?
Köryapsizmi, bu öyinlar ortida umuman boşqa gap bor. Bularning barçasini Özbekistonni KXŞT harbiy taşkilotiga aʼzo qiliş uçun bosim va kerak bölsa tahdid, deb qabul qiliş mumkin. Ilgari bunga yaşirin daʼvatlar qilingan bölsa, endi surbetlarça tahdidga ötişmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2298


