Özbekiston KXŞTga aʼzo böladimi
❓Özbekiston KXŞT (ODKB)ga aʼzo böladimi?
Yuqoridagi gap-sözlardan qanday xulosa qiliş mumkin?
Eng avvalo hissiyotlarga berilmaslik, ammo sovuq miya bilan real xavfni his qilişimiz kerak.
Ikkinçidan, Özbekistonning taşqi siyosat konsepsiyasi hamda harbiy doktrinasiga köra, biz heç qanday harbiy bloklarga qöşilmaymiz, ularda iştirok etmaymiz va Özbekistonda ham boşqa davlatlarning harbiy bazalari bölişiga yöl qöyilmaydi. Bu qonunlarimiz bilan mustahkamlangan. Buni populist “döstlarimiz” ham yaxşi bilişadi.
Uçinçidan va eng asosiysi provokatsiyalarga berilmasligimiz kerak. Özini bizga ğamxördek körsatib, yordam qölini çözmoqçi bölganlarning özi barçasining boşida turişi ham ehtimoldan xoli emas. Bunaqa vaqtda bizga faqat va faqat birdamlik kerak.
Törtinçidan, heç qaçon, ha, heç qaçon Özbekiston hududiga begona davlatlarning armiyasi kiritilişiga yöl qöymasligimiz, bunga heç qanday imkon qoldirmasligimiz lozim va lobud! Qöşni Qozoğiston taqdiri bizga xulosa qiliş uçun dars bölişi kerak. Ayniqsa eski imperialistik maqomini qayta tiklaş yölida heç narsadan, hattoki boşqa davlatlar hududini egallaşdan ham tap tortmaydiganlarning askarlarini Özbekistonning bir qariç hududiga ham qadam bostirmasligimiz şart!
Xudoga şukrki, Özbekiston şu paytgaça barça katta-kiçik muammolarini özining harbiy kuçi bilan hal qilib kelgan. Sariosiyo, Yangiobod voqealarida ham, 16-fevral yoki Andijon voqealarida ham heç kimdan yordam söramaganmiz. Eng avvalo biror köngilsizlik bölmasinu, lekin bölgan taqdirda ham, Xudo xohlasa kelgusida ham harbiy qudratimiz yetadi.
Bizga KXŞTga öxşagan “Troya oti”ning keragi yöq!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 5350

