Özbekistonda yöl harakati xavfsizligi muammolari

Video2-noyabr, 2021, 19:064 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun yöl harakati qoidalariga amal qiliş darajasi va haydovçilik madaniyati Özbekistonda qoniqarli ahvolda emasligi, yöllarimizda har yili minglab yurtdoşlarimiz halok bölayotgani haqida bir neçta fikrlar bildirildi (1, 2, 3, 4).

Bunga sabab sifatida köplab omillar sanaldi, masalan, haydovçilik guvohnomasini oliş jarayonidagi butkul korrupsiyalaşgan tizim, yöllardagi infratuzilma, qoidalar, haydovçilar jamiyatining ğayritabiiy dunyoqaraşi va h.k.

1 yil oldin "Yuridik klinika" loyihasida aynan "prava" olişdagi öyinlar haqida fikr bildirgandim. Yaʼni öqigan va tajribasi bor talabgorlar qiynalmasdan guvohnoma olib, öqimagani heç qaçon haydovçi bölolmaydigan tizim yaratiş, buning uçun qatʼiy iroda körsatiş kerak.

Meni muntazam kuzatib boradiganlar yaxşi bilişadi, yöl harakati xavfsizligi mavzusi meni doim taşvişga soladi. Bu mavzuda köproq tarğibot qilişimiz, odamlarga töğri tuşuntirişmiz kerak. Bu orqali heç bölmasa 1 kişining hayotini saqlab qola olsak ham, katta gap bölardi.

Qolgan gaplar videoda👆📹

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek