Yangi Özbekiston massivlari va Yaşil makon loyihasi

Matn2-noyabr, 2021, 18:141 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev raisligida "Yangi Özbekiston" massivlarini barpo etiş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berdi. Yiğilişda aytilişiça:

— 2022-yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boşlanğiç badal va foizlarni subsidiyalaş uçun byudjetdan 1,5 trillion söm ajratiladi;

— uylar narxini barqaror saqlab turiş maqsadida yangi uy-joy massivlarini içki va taşqi infratuzilma bilan taʼminlaşga byudjetdan har yili 1 trillion söm ajratiladi;

— kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolğiz ayollar uçun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi;

— yiliga 200 million tup daraxt va buta köçatlarini ekiş va şu orqali şaharlardagi yaşil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oşiriş reja qilingan;

— bugundan boşlab 10-dekabrga qadar daraxt ekiş böyiça "dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek