Kunduzi çiroq yoqiş nimaga kerak

Matn12-may, 2019, 18:003 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Kunduzi çiroq yoqiş nimaga kerak?

Yöl harakati qoidalaridagi eng keng muhokama qilingan özgariş, bu – kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart etib belgilanganidir.

Mazkur özgarişga köpçilik qarşilik qilmoqda va buni töğri tuşuniş mumkin. Toki insonlarning bunga könikişi va foydasini sezgunigaça vaqt kerak.

Masalan, uzoqqa bormaymiz, qöşni Qirğizistonda 2009-yildan buyon kunduzi çiroq yoqib yuriş majburiy. Öşa paytda köpçilik qirğizlar ham bunga qarşi çiqişgan.

Qozoğistonda esa bu qoida 2014-yilda kiritilgan. Internetdan qidirib körsangiz, qozoqlarning norozi bölganini ham körasiz. Lekin vaqt ötişi bilan qöşni davlatlarda hamma bunga könikdi va deyarli heç kim eʼtiroz bildirmaydi.

Biz qirğizlardan 10 yil, qozoqlardan 5 yil keyin bu qoidaga ötyapmiz.

Köpçilikning eʼtirozi deyarli bir xil mazmunda - «biz Skandinaviya emasmizku» deya iqlimni rökaç qilişmoqda. «Biz quyoşli yurtmiz, yoğingarçilik va tuman bölmaydi, bu ahmaqona özgariş» deyişmoqda ular. Xöş, unda Qirğiziston va Qozoğiston tumanli mamlakatmi? Yoki bu qoida faqat Skandinaviyada bor deb öylaysizmi?

Bir narsani töğri tuşuning, kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasining iqlimga aloqasi yöq.

Bu böyiça rivojlangan mamlakatlarning olimlari allaqaçon ilmiy izlanişlar olib borib, kunduzgi yongan çiroq avtohalokatlarning oldini olişga yordam berişi, çunki u haydovçi va piyodalarda huşyorlikni oşirişini isbotlab qöyişgan. Bu qoida 10-15% halokatlarning oldini oladi. Agar erinmasangiz, Google degan sayt bor, özingiz uçun qidirib, öqib körsangiz foydadan holi bölmasdi.

Keyin yana bir narsa, kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi Özbekiston uçun yangilik emas. 2015-yildagi qoidaga binoan, yölovçi va yuk taşiş transportlari, motosikl va mopedlar uçun kunduzi çiroq yoqiş majburiy qilib qöyilgan edi. Yaʼni 4 yildan buyon bu qoida bizda qisman amalda bölgan, osmondan tuşgani yöq, faqat endilikda şuni barçaga qöllaşyapti xolos.

Yodingizda bölsa, bir neça yillar oldin GM Uzbekistan zavodidan çiqqan maşinalar öt oldirilganda kunduzgi signal çiroqlari (DXO, Daytime running lights) avtomatik yonadigan bölganda, ayrimlar buni texnik nosozlik deb öylab, salonga yoki ustaga olib borgandi ham. Lekin keyinçalik bu narsa xalq orasida “yevrostandart” degan nom oldi. Qarang, öz nomi bilan aytib turibdi – yevrostandart. Bir gapi bordirki, jahon standartlarida şunaqa talab kiritilgan.

Quyidagi xaritada esa Yevropa davlatlaridagi holat haqida maʼlumot keltirilgan. Kök rang bilan belgilangan davlatlarda haydovçilarga kunduzi çiroq yoqib yuriş tavsiya etilgan, lekin majburiy emas, qizil rang bilan belgilangan davlatlarda esa – majburiy. Xaritadan uşbu qoidaga iqlimning aloqasi yöqligiga yana bir bor guvoh bölişingiz mumkin.

Eʼtirozlar bildirişga barçaning töla haqqi bor, ularni ayblaşdan yiroqman. Şunçaki yangiliklarni qabul qilişga örganişimiz, agar şubhamiz bölsa, faqat kommentlardan xulosa qilmasdan, internetdan mustaqil qidirib körib, öz şaxsiy fikrimizni şakllantirişga ham könikişimiz kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek